23-APREL – XALQARO INGLIZ TILI KUNI

23-APREL – XALQARO INGLIZ TILI KUNI

24.04.2017 0 fikrlar | 329 ko'rilgan

Har kunning o’ziga xos tarixi va mazmun-mohiyati bor. Zero, bu hayotda kecha, bugun va ertangi kunning chegaralari, aniq mezonlari bor. Bugungi axborotlashgan va shiddat bilan rivojlanayotgan jamiyatda munosib o’rin topish uchun yuksak bilimli va o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lish lozimdir. Buning uchun albatta biror xoijiy tilni o’rganishga to’g’ri kelishi tabiiy xoldir. Masalan, bugungi zamon talabidan kelib chiqqan holda gapiradigan bo’lsak, ingliz tilini bilish yetuk kadrga bir qator imkoniyatlar eshigini ochadi. Ushbu maqolamiz ham aynan ingliz tili haqida va maqolamizning aynan 23 – aprelda chop etilishi ham bejizga emas.

Bugun 23-aprel –Xalqaro ingliz tili kuni. Asosiy ish yuritish tillaridan biri sifatida BMT ilk bor bu bayramni 2010- yil 23- aprelda nishonladi. Shuningdek, yana bir muhim narsani ta’kidlab o’tish joizki, nafaqat ingliz tili, balki BMT ning qolgan  rasmiy tillari uchun ham aynan shunday maxsus kunlar belgilab qo’yilgan. Xo’sh, nega aynan 23-aprel ingliz tili kuni sifatida belgilangan?

Bu savolga javob ham juda qiziqarli, ya’ni aynan shu kuni ingliz adabiyotining buyuk namoyondasi Uilyam Shekispir tavallud topgan va vafot etgan. Ba’zi malumotlarga qaraganda ingliz tili so’zlovchilari foydalanayotgan 1700 dan ortiq so’zni Shekspir kashf etgan ekan. Biroq, bundan tashqari bu buyuk shaxsning dunyoga mashhur asarlari nafaqat ingliz xalqining, balki butun dunyo xalqlarining umumjahon merosi hisoblanadi.

Yana bir savol paydo bo’lishi tabiiy hol, ya’ni bu kunning yana qanday ahamiyati bor? YUNESKOning asosiy belgilab qo’ygan maqsadlariga ko’ra, bu kabi maxsus kunlar orqali asrlar davomida saqlanib kelinayotgan tarixiy, ilmiy, madaniy meroslarni asrab-avaylash hamda butun insoniyatning e’tiborini ularga qaratishdan iborat ekan. Zero, bu kabi tadbirlar  insonlarni beixtiyor o’ziga jalb etadi va kundalik zaruratga aylanadi. Xususan, kelajak avlod ham bu kabi ma’naviy-madaniy boyliklarga ega bo’lishlari kerak.

23-aprelda asosan ingliz tilida kitob mutolaa qilish tadbirlari, jumboqli o’yinlar, she’riyat va adabiyotxonlik kechalari o’tkaziladi hamda bu bayram faqat ma’lum bir jamiyatda yoki hududda emas, balki butun dunyoda nishonlanishi bilan ham o’ziga xoslikni namoyon etadi. Endi esa, quyida ingliz tilining dunyo hamjamiyatida tutgan statusi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan sizni tanishtiramiz:

  1. Taxminlarga ko’ra, bugungi kunda butun yer yuzi bo’ylab 1 milliarddan oshiq odamlar ingliz tilini o’rganishmoqda.
  2. 380 million odam ingliz tilida ona tili sifatida gaplashadi;
  3. 400 milliondan oshiq odamlar ingliz tili so’zlarini o’z ona tilisi sifatida foydalanadi;
  4. 700 milliondan ortiq odamlar ingliz tilini xorijiy til sifatida gapiradi.
  5. Umumiy 2,700 dunyo tillari ichida ingliz tili eng so’z tarkibi boy til hisoblanadi.
  6. Oksford ingliz tili lug’ati taxminan 500 000 so’zni o’z ichiga oladi.
  7. Dunyo xabar, teleks va kabellarining 3/4 qismi ingliz tilida.
  8. Butun dunyoning davriy texnikaviy va ilmiy materiallarining yarmidan ko’pi ingliz tilida.
  9. Ingliz tili 75 davlatda rasmiy va o’ziga xos o’ringa ega.

Shunday ekan, til o’rganishga bo’lgan qiziqishingiz aslo so’nmasin. Xato qildingizmi, demak siz rivojlanayapsiz. Oldinga intilishda davom eting.

 

Solijon AZIZOV

O‘zDJTU talabasi

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.