AXBOROT MANBALARI BILAN ISHLASH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

AXBOROT MANBALARI BILAN ISHLASH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

07.04.2015 0 fikrlar | 183 ko'rilgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ilmiy-ta’limiy elektron manbalar bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalari vakillari tomonidan o‘tkazilgan seminar-taqdimotga mezbonlik qildi.

Buyuk Britaniyaning mashhur ta’lim dargohlaridan biri hisoblangan Oksford universitetining nashri «Oksford university press» vakili Marcin Dembowskining «Kadrlarning malakasini va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishnig ustuvor yo’nalishlari» mavzusidagi hamda axborot manbalar bo‘yicha mutaxassis Ray Sawkaning «Gale Cengage ta’limiy manbalari» mavzusidagi seminarlari davomida O’zDJTU axborot resurs markazi vakillari, professor-o‘qituvchilari elektron manabalar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

IMG_3550

Taqdimotlar mobaynida bugungi zamonaviy texnologiyalar sharoitida ilmiy axborot manbalar bilan to‘g‘ri ishlash, nashr uchun jurnalni tanlash, elektron nashrlardagi ilmiy maqola uchun sifat belgilari, texnik uslubiy va mustaqil talablar, manbalarning tahrir jarayoni, qayta ishlash, joylashtirish, elektron manbalarni sotib olish, yuklash jarayonidagi qonun-qoidalar, dunyoning ilg‘or ta’lim maskanlarining elektron nashrlariga kirib foydalanish jarayoni haqida atroflicha to‘xtab o‘tildi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.