Biz haqimizda

«O`zbekistonda xorijiy tillar» (www.fledu.uz) bu — mamlakatimizda xorijiy tillarni o`rganish metodikalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan elektron jurnal va Internet portaldir.

www.fledu.uz mamlakatimizda chet tillarini virtual dunyo orqali tez va oson o’rganishga mo`ljallangan bo’lib, xorijiy tillarni o`qitish sohasidagi yangi metodik uslublar, g`oyalar va o’zaro tajriba almashish uchun o`ziga xos platforma hisoblanadi.

«O`zbekistonda xorijiy tillar» nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati O`zbekiston Respublikasining qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 oktyabrdagi 283-son Qarori (2013 yil 21 oktyabrdan kuchga kirgan), «O`zbekistonda xorijiy tillar» nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati» davlat muassasasi Ustavi va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlar asosida tashkil etilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga kiradi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-1875-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan bo`lib, unga ko`ra mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan «O`zbekistonda xorijiy tillar» nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali tahririyati» davlat muassasasi tashkil etildi.

Portalda chet tillarini o`qitish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar, loyihalar haqidagi axborotlar, xorjiy tilni o`qitish metodikasiga oid elektron, audio, video materiallar hamda o`z mualliflarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy va ijodiy ishlanmalar kiritib boriladi.

Elektron jurnal sahifalarida chet tillarini o`qitishni takomillashtirish hamda filologiya yo`nalishiga oid nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan ilmiy va ilmiy-metodik maqolalar, ishlanmalar e’lon qilib boriladi.

Jurnalda ilmiy muassasalar, oliy o`quv yurtlarining fan doktorlari, professor-o`qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, shuningdek, chet ellik olimlarning tilshunoslik nazariyasi, til o`qitish metodikasiga oid ochiq ilmiy tadqiqotlari  yoritiladi.

«O`zbekistonda xorijiy tillar» nomli elektron jurnal va Internet portalining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

⇒davlat ustuvor yo`nalishlariga mos respublika miqyosida xorijiy tillarni o`rganishga oid nazariy va metodologik muammolarni yoritish;

⇒xorijiy tillarni o`rganish va xorijiy filologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va o`quv-uslubiy ishlar, innovatsion loyihalar va ularni amaliyotga joriy etish borasida erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilish;

⇒xorijiy tillarni o`rganishda xalqlar madaniyati va madaniyatlararo muloqot masalalarini yoritish;

⇒xorijiy tillarni o`qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, uzluksiz ta’lim tizimi va xalqaro ta’lim dasturlari doirasidagi turli loyihalar natijalarini ommalashtirish;

⇒yangiliklar va sohaga oid materiallarni yoritib borish.