BIZ NOTO‘G‘RI TALAFFUZ QILADIGAN 12TA BREND

BIZ NOTO‘G‘RI TALAFFUZ QILADIGAN 12TA BREND

20.08.2016 2 ta fikr | 754 ko'rilgan

Chet tilini o‘rgana boshlashning o‘zi katta mas’uliyat! Goh onangiz dori qutisidan chiqqan yo‘riqnomani tarjima qilib berishingizni so‘raydi, goh otangiz Angliya ligasi matchlarida ekranda paydo bo‘layotgan yozuvlarni tushuntirishni talab qiladi. Chet tillariga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasida yoki xalqaro universitetlarning Toshkentdagi filiali talabasimiz yoki shunchaki havaskor til o‘rganuvchi, yaqinlaringiz ko‘z oldida hamma narsani tushunishi kerak bo‘lgan tilmoch sifatida namoyon bo‘lasiz.

Ha, zamonaviy yoshlarning bilmasligi va ayniqsa bilishni istamasligi kechirilmaydi. Shuning uchun intellektual xazinangizdan joy olishi kerak bo‘lgan ajoyib ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Kutib oling! Biz odatda noto‘g‘ri talaffuz qiladigan 12ta brend ro‘yxati!

1.Paynet

Aslida, bu so‘zni “peynet” tarzida talaffuz qilishimiz kerak. Hech bo‘lmaganda chet ellik mehmonlarga ushbu milliy xizmatimizni to‘g‘ri talaffuz bilan aytaylik.

2. Chevrolet Lacetti

Ko‘pchilikda hatto shunday mashina bor bo‘la turib, uni to‘g‘ri — “shevrolye lachetti” deb talaffuz qilmaydi.

3. Made in China

Bolaligimizdan tilimizga o‘rnashib qolgan “ma-dey in chi-na” kabi emas, “meyd in chayna” deb aytishni qachon boshlar ekanmiz-a?

4. Tissot

Shveysariya qo‘l soatlari brendini to‘g‘ri aytish uchun ushbu so‘z oxiridagi undoshni talaffuz qilmang. Yana shuni yodda tutingki, ingliz va bir qator yevropa tillarida juft bo‘lib kelgan undoshlar yumshoq talaffuz qilinadi.

5. Nike

Bu so‘zni qanday o‘qiysiz? To‘g‘ri varianti esa “nayki”.

6. Egov.uz

“Egov” aslo ish quroli emas, balki “e-government” (“i gavernmnt”) iborasining qisqartmasi. Mos ravishda, uni “i gav” deb talaffuz etishimiz kerak.

7. e-yoshlar.uz va boshqa “e” old qo‘shimchasini olgan so‘zlar

O‘zbekiston talabalarining internet portaliga ham “electronic” so‘zining qisqartmasi “e” pristavkasi olingan. Uning to‘g‘ri aytilishi “i yoshlar” bo‘ladi. Shu paytgacha loyihani ba’zilar “ey yoshlar” va hatto “ye yoshlar” deb talaffuz qilganini guvohi bo‘lamiz. Darvoqe, “Email” so‘zini ham “imeyl” deb o‘qiganimiz yaxshi. Ba’zilar rus tili ta’sirida uni “yemayl” tarzida aytadi.

8. Huawei

Bir tanishimiz “Xuavey”ning Toshkentdagi filialida ishlayotganini aytamiz-u, ushbu brend nomini to‘g‘ri talaffuz etmaymiz. Sayyorada yolg‘iz emasmiz. “Dunyo markazi” nomini olgan Nyu Yorkdagi Tayms skverdagi eksperimentda deyarli hech kim xitoyliklarning ushbu nou-xausi nomini xatosiz o‘qiy olmadi.

9. Samsung

Bu so‘zning to‘g‘ri talaffuzi “samson”. Urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi, koreys tilidan tarjima qilinganda esa u “uch yulduz” degan ma’noni beradi.

10. Hyundai

“Hyundai” esa koreyschadan “zamonaviylik” deb tarjima qilinadi. Bu so‘zning tilimizdagi to‘g‘ri transliteratsiyasi — “xyonde”. Yapon, koreys va xitoy tilidan kirib kelgan so‘zlarning yozilishi va o‘qilishi ancha farq qiladi.

11. Lamborghini

Italiyaning qimmat sport avtomobillari kompaniyasi “Lamborgini” deb ataladi. Italyanchada “Gh” undoshlar juftligi “g” tarzda o‘qiladi. Siz ham uni “lamborjini” deb talaffuz qilarmidingiz?

12.  BMW

Umuman olganda, biz bu brendni to‘g‘ri talaffuz qilar ekanmiz. “Bayerische Motoren Werke”ning qisqartmasi bo‘lgan “Be-Em-Ve” nemis tilida ham xuddi shunday aytiladi. Ba’zilar esa uni inglizlar kabi “Bi-Em-Dablyu” kabi noto‘g‘ri talaffuz qilishimiz tarafdori.

Munisa Qoraboyeva

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

2 ta fikr bildirilgan

Fikringizni bildiring!
  1. Nizomxuja Mamatxujaev
    #1 Nizomxuja Mamatxujaev 5 March, 2017, 03:35

    web sait ma`muriyatiga kottakon minattdorchiligimni bildiraman rahmat

    Reply this comment
  2. Tolib
    #2 Tolib 6 April, 2017, 01:20

    To’la-to’kis ma’qullashga arziydigan ma’lumotlar! Endigi muammo mana shu faktlarni keng omma ongiga singdirish)

    Reply this comment

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.