30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari Toshkentda

30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari Toshkentda

20.04.2017 0 fikrlar | 286 ko'rilgan

21-22 aprel kunlari Toshkent shahridagi International Hotel mehmonxonasida «Ta`lim va kasb – 2017» xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Unda mamlakatimiz abituriyentlari dunyoning turli oliy ta`lim muassasalari bilan tanishish imkoniga ega bo’lishadi, – deb xabar beradi Kun.uz.

«Ta`lim va kasb – 2017» xalqaro ko’rgazmasida Rossiya, Belarus, Shveytsariya, Janubiy Koreya va Singapurdan 30 dan ziyod universitet vakillari qatnashadi. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, BHMS Shveytsariya mehmonxona boshqaruvi maktabi, Janubiy Koreyaning Solbridge Business School maktabi, Malayziyaning Asia Pacific universiteti shular jumlasidandir.

Mazkur ko’rgazmada abituriyentlar va ularning ota-onalari OTMlarga kirish imkoniyatlari, fakultetlar, mutaxassisliklar, o’qish muddati va qiymati haqida to’g’ridan-to’g’ri universitet vakillaridan ma`lumot olishlari mumkin bo’ladi.

Bunday ko’rgazmalardan maqsad oliy ta`lim sohasida tajriba almashish, shuningdek yetakchi mahalliy va xorij o’quv muassasalari bilan do’stona munosabat o’rnatishdir.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.