«CHET TILLAR TA’LIMINI CEFR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING ISTIQBOLLARI»

«CHET TILLAR TA’LIMINI CEFR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING ISTIQBOLLARI»

11.04.2015 0 fikrlar | 275 ko'rilgan

10-aprel kuni mamlakatimizning yetakchi xorijiy til mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar hamda OAV vakillarini kutib olgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «Chet tillar ta’limini CEFR asosida takomillashtirishning istiqbollari» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qildi.

O’zDJTU rektori Shuhrat Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berilgan mazkur anjuman Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Botir Usmonov, Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi direktori Mirabbos Irisqulovning chet tillarni o‘qitishning yillar bo‘yicha rivojlanish ko‘rsatkichlari, 2012-yilning 10-dekabrida prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalari bilan davom ettirildi.

1_4

Feruza Rashidova, O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi (UzTEA) raisi:Biz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya vositalari yordamida yangicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Aynan shu maqsadda yurtimizdagi yetakchi xorijiy til mutaxassislari bilan birgalikda o‘rta-maxsus ta’lim tizimida (akademik litsey, kasb-hunar kollejlari) yangi baholash tizimini sinovdan o‘tkazishni boshladik. Ushbu baholash tizimi xorijiy tillarni o‘rganish tizimini umumyevropa kompetensiyalari asosida shakllantirishning bir bosqichidir. Ammo shakllantirish jarayonida bevosita bizning milliy ta’lim tizimimizning xususiyatlari ham inobatga olinadi. Aytishim kerakki, yangi baholash tizimi o‘quvchi yoki talabaning grammatik jihatlaridan ko‘ra ko‘proq uning fikr ifodalash, o‘z mulohazalarini yetkazib bera olish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirib, kuchaytirishga urg‘u beradi.

Konferensiya yalpi majlisidan so‘ng 4 ta sho‘bada ingliz tili o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar uchun seminarlar tashkil etildi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.