CHET TILLARI O‘QITUVCHILARINING MALAKA OSHIRISH KURSLARI DAVOM ETMOQDA

CHET TILLARI O‘QITUVCHILARINING MALAKA OSHIRISH KURSLARI DAVOM ETMOQDA

05.02.2015 0 fikrlar | 277 ko'rilgan

Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda trener-o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kurslari bir hafta davomida 36 soatlik dastur bo‘yicha 2 bosqichda olib borildi. Viloyatlardan kelgan ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan mazkur kurslar 2015-yildan faoliyatini boshlagan bo‘lib, chet tili o‘qituvchilarining nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, maktabda, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda chet tili o‘qitish metodikasini  takomillashtirish,

pedagoglarga metodik qo‘llanmalardan foydalanishda  yordam berish, ularni lavozim maoshlariga oylik ustamalarni olish uchun test sinovlaridan o‘tishga tayyorlash, shuningdek, doimiy tarzda mustaqil ta’lim olishlarini rag‘batlantirish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

7-fevralga qadar davom etadigan kurslarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi chet tili o‘qituvchilari jalb etildi. Mazkur maqsadli kurslarni yakunlagan 760 nafar trеnеr o‘qituvchilar joylardagi tayanch maktablarida shu yilning mart oyidan boshlab har haftalik kurslarda chet tili o‘qituvchilariga yangi darslikni o‘qitish bo‘yicha darslar o‘tadilar.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.