DEHLIDA 75 TA SANSKRIT TA’LIM MARKAZI OCHILADI

DEHLIDA 75 TA SANSKRIT TA’LIM MARKAZI OCHILADI

03.08.2017 0 fikrlar | 148 ko'rilgan

Appsforpcdaily.com saytining xabar berishicha, Dehli hukumati tomonidan Sanskrit tilining amaliy jihatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim markazi ochiladi. Mazkur uch oylik kurs haftada uch marta ikki soatlik amaliy mashg‘ulot shaklida o‘tkaziladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Manish Sisodia: — Ushbu tashabbusning maqsadi — tilni ommabop qilish va uni faqat ibodat qilish jarayonida emas, boshqa joylarda foydalanish uchun ham yaxshilab o‘rganishdir. Maktablarda tilning grammatik shakllari o‘qitiladi, ammo biz bu yerda oddiy odamlar tushunadigan va zavqlanadigan tarzda Sanskrit tilini o‘rgatmoqchimiz. Shuningdek, bu kurs uchun to‘lov juda nominaldir, deydi matbuot anjumanida bergan intervyusida.

Bundan tashqari hukumat tomonidan hind adabiyotini targ‘ib qilish uchun Hindiston adabiyot klublarini/sabhalarni tashkil qilish ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa o‘z navbatida odamlar orasida qadimiy tilni o‘rganishga qiziqish uyg‘otibgina qolmay, adabiyotni rag‘batlantirishga, shu bilan bir qatorda hind madaniyatining yanada rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.