MAQOLALAR TANLOVI: “SAYLOV – 2021: KELAJAK XALQ TANLOVIGA BOG‘LIQ!”

29.09.2021

Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusida publisistik maqolalar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar 28-sentabrdan 12-oktabrgacha elektron ko‘rinishda @maqolalar_tanlovibot telegram bot manzili orqali qabul qilinadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

1-o‘rin uchun noutbuk,

2-o‘rin uchun smartfon,

3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi  taqdim etiladi.

Maqolalar tanlovi Nizomi haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Shoshiling, siyosiy bilimingiz va ijodkorlik qobiliyatingizni imtihon qilishning ayni payti. Tanlovda ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alardan biriga ega bo‘ling!

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + девять =