DUNYONING ENG MASHHUR 10 TILI

DUNYONING ENG MASHHUR 10 TILI

17.09.2016 0 fikrlar | 739 ko'rilgan

Bugungi kunda 6 mingga yaqin til bo‘lishiga qaramasdan, yer yuzi aholisining katta qismi ularning faqatgina 150 turida muloqot qiladi. Qolgan tillarni, asosan, xat, kutubxonalarda saqlanadigan tarixiy matnlar yoki ma’lum bir davralarda ishlatiladigan  sun‘iy madaniyat ko‘rinishida uchratish mumkin.

Eg qizig‘i, 45% aholi dunyoning eng rivojlangan 10 tilida gapiradi. Bu esa ana shu qatorga kirmaydigan tillarning iste’moldan chiqib, o‘tmish qa’riga singib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Quyida e’tiboringizga Top-10 tillarni taqdim etamiz:

  1. Panjobiy tili.

Hindiston va Pokiston chegarasidan tortib Yevropa va Amerika qit‘asigacha bo‘lgan hududlarda yashaydigan ingliz tilida so‘zlashuvchi 110 milliondan ortiq kishilar uchun panjobiy tili ona tili hisoblanadi. Birgina Pokiston hududining o‘zida ushbu tildagi ko‘rsatkich Lahor hisobiga 86%, Islomobodga 71% da to‘g‘ri keladi.

  1. Yapon tili

“Nixongo“ 127 million so‘zlashuvchiga ega “eng muloyim“ tillar safiga kiradi. Yapon tilida insonlarning jamiyatdagi o‘rniga qarab murojaat etishga mo‘ljallangan maxsus nutq bog‘lanishlari mavjud. Ba’zida ularning qariyalarga, yosh bolalarga yoki hamkasblariga qo‘llaydigan ifoda yo‘sinini eshita turib,  turli xil tillardagi muloqot deb o‘ylash mumkin. So‘zlar iyerogliflar orqali yozilgani sababli ham, bu til eng murakkab tillardan biridir.

  1. Rus tili

Rus tili 160 milliondan ortiq so‘zlashuvchiga ega slvayan tillar oilasi ichida eng keng tarqalgani hisoblanadi. Kirill alifbosi, kelishik qo‘shimchalari va rodlari uchun ham ko‘pchilik o‘rganuvchilar ushbu tilni eng qiyin tillar sirasiga kiritishadi.

  1. Bengal tili

Fikrimizcha, siz shu paytga qadar bengal tili haqida bilish u yoqda tursin, undagi harflarning ayyorona birikuvlariga o‘xshash murakkab bog‘lamalarga ham guvoh bo‘lmagansiz. Ammo Bangladesh va Hindistonning chekka hududlaridagi 205 milliondan ortiq kishi aynan shu tilni o‘z ona tili deb biladi.

  1. Portugal tili

Buyuk kolonnalashgan o‘tmishi tufayli ham portugal tili dunyoning eng mashhur tillari qatorida sanab kelinmoqda. Braziliya, Makao, Venesuela va Mozambik hududidagi 215 milliondan ortiq inson uchun ushbu til ona tili hisoblanadi.

  1. Arab tili

Arab adabiy tili (asosan, yangiliklar va rasmiy marosimlarda ishlatiladi) dunyoning 295 milliondan ziyod aholisi uchun ona tili hisoblanadi. Arab davlatlari fuqarolari mahalliy dialektda muloqot qilgani sababli ham, shevalar o‘rtasida juda katta farq kuzatiladi. Agar ularni alohida til sifatida sanasak, arab tili bugungi kunda eng rivojlangan tillar 10 taligiga kira olmagan bo‘lar edi. Shuning uchun ham arab dunyosi mutaxassislari hududiy dialektlar orasidagi tafovutni minimal darajaga tushirish lozimligini ta’kidlab kelishadi.

  1. Ingliz tili.

Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, 360 milliondan ortiq ona tili so‘zlashuvchilariga ega ingliz tili “Top o‘nlikda“ 4-pog‘onani egallay oldi. Shunga qaramasdan, xalqaro dialoglar, biznesmenlarning muzokaralari, katta miqdordagi suratga olingan film va seriallar aynan ingliz tilidadir.

  1. Ispan tili

Sizni ispan tilini ona tili deb biluvchi 470 million aholi “Hola“ deb qarshi oladi. Yer yuzining 5,85%ini ifoda etuvchi ushbu miqdorning aksariyat qismi Janubiy Amerika qit’asiga to‘g‘ri keladi. Aytgancha, aksariyat amerikaliklar uchun ispan tili ikkinchi til hisoblanadi. Buning ustiga, ushbu oson o‘rganiladigan tilda so‘zlashuvchilar miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.

  1. Hind tili

Hindistonda 122 xil til bo‘lib, ularning 22 tasidan mansabdorlar hujjatlar yuritishda foydalanishlari mumkin. Aholi soni jihatidan dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Hindiston aholisining 480 millioni ona tili sifatida hind tilini tan oladi.

  1. Xitoy tili

6,6 milliard yer yuzi aholisining 14,1 % xitoy tilida gapiradi. Tilda juda ko‘p dialektlar bo‘lishiga qaramay, 995 million xitoyliklarning ona tili hisoblangan mandarin-xitoy tili ularning ichida eng oldingi o‘rinda turadi.

Tayyorladi: Yosinxon Hamidov

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.