ENDI O‘ZBEK TALABALARI IKKI UNIVERSITET DIPLOMIGA EGA BO‘LISHADI

ENDI O‘ZBEK TALABALARI IKKI UNIVERSITET DIPLOMIGA EGA BO‘LISHADI

22.07.2017 0 fikrlar | 178 ko'rilgan

MALAYZIYA VA O‘ZBEKISTON: hamkorlikning yangi qirralari

O‘zbekiston davlat jahon tilllari universitetida Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Sulton Idris nomidagi ta’lim universiteti bilan hamkorlikda «Chiroyli nutq – boy madaniyat» mavzusida «Malay tilini rivojlantirishning 5-xalqaro anjumani» bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari U.Begimqulov, Malayziyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dato’ Nor’Aini binti Abdul Hamid, Malayziyaning Sulton Idris nomidagi ta‘lim universitetining rektori, professor Muhammad Shatar bin Sabran, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institutlari prorektorlari, Malayziya, Indoneziya, Bruney, Singapurdan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, tilshunos olimlar, chet tili mutaxassislari, malay tili va madaniyatiga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov so‘zga chiqib, xorijlik mehmonlarni ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning rivoj topayotgani bilan samimiy qutladi.

Dato’ Nor’Aini binti Abdul Hamid, Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi: — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida malay tili 1996 yildan buyon ikkinchi chet tili sifatida o’qitib kelinmoqda. Joriy yildan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida malay tilini asosiy chet tili sifatida o’rganayotgan talabalar bilan bir haftada bir marotaba interfaol darslar o‘tkazish orqali malay tilini o‘rganishning yangi bosqichini boshlab berdik. Bu mamlakatingizda malay urf-odatlari va madaniyatining yuksak e’tirofidir.

Ahmad Sani Araby Bin Dato’ Abdul Alim Araby, Malayziyaning Sultan Idris ta’lim universititining boshqaruv kengashi raisi: — Yaqin kelajakda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida malay tilini o‘qitish kafedrasi ochilib, malayziyalik professor-o‘qituvchilarni dars jarayoniga jalb qilmoqchimiz. Malay tilini o‘rganishga qiziqadigan o’zbek talabalariga Sulton Idris nomidagi ta’lim universitetida tahsil olishlari uchun imkoniyatlar yaratiladi. Ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga asosan endilikda malay tilini o’rganayotgan o’zbek talabalari balakavriatning dastlabki ikki yilini Toshkentda qolgan ikki yilini Malayziyada o’qishlari va tahsilni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar ikkala oliy o’quv yurtlarining dipomiga ega bo’lishadi.

Ikki kun davom etgan anjumanda ishtirokchilar sho’balarga bo‘lingan holda malay tilini o‘rgatishning samarali metodlari haqida fikr-mulohaza almashishdi.

Malayziyaning Sulton Idris nomidagi ta’lim universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institutlari o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi. Ikkala davlatning ta’lim sohasi vakillari bir-birlariga esdalik sovga’larini taqdim etdilar.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.