Eng ko‘p so‘zlashiladigan tillar qaysilar?

Eng ko‘p so‘zlashiladigan tillar qaysilar?

21.04.2017 0 fikrlar | 376 ko'rilgan

Tillar, ularning tabiati va ular bilan bog‘liq faktlarni o‘rganish qiziqarli. Avvalroq tillarning tezligi haqidagi maqolamizda qaysi tillar eng tez va qaysi tillardagi gaplar eng salmoqli ekanini ko‘rib chiqqan edik. Bugun sizga ilinayotganimiz ma’lumotlar quyidagi savollarga bag‘ishlanadi.

Dunyoda tillar ko‘p.  lekin hech qiziqqanmisiz, qaysi tillar dunyoda eng ko’p ishlatiladi? Biz uchun har tomonlama yordam beruvchi internetda qaysi tillarda axborotlar ko‘p tarqatiladi?

Birinchi savolga javob bilan tanishamiz:

  1. Mandarin tili – 873 million ona tilidan so’zlovchilar, 1,3 milliard umumiy so’zlashuvchilar soni; (qolgan ma’lumotlar ham shu tartibda)
  2. Hind/urdu tillari – 570/970;
  3. Ispan tili – 330/550;
  4. Ingliz tili – 328/1,8 milliard;
  5. Arab tili – 232/260;
  6. Portugal tili – 220/230;
  7. Bengal tili – 203/253;
  8. Rus tili – 145/300;
  9. Yapon tili – 126/130;
  10. Panjob tili – 109/120.

Dunyoda taxminan 6,900 ga yaqin til mavjud va dunyodagi 7 milliard odamdan 3 milliardi yuqoridagi 10 ta tildan birida so‘zlashadi.

Endi ikkinchi savolga javob topamiz:

  1. Ingliz tili – 26,8 %;
  2. Xitoy tili – 24,2%;
  3. Ispan tili – 7,8%;
  4. Boshqa tillar umumiylikda 26,4% ni tashkil etadi.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlardan shuni xulosa qilish mumkinki, agar siz ushbu tillardan eng ko‘p so‘zlashiladiganlaridan 2 yoki 3 tasini o‘rgansangiz dunoyoning ko‘plab joylarida bemalol muloqotga kirishishingiz, sayohat qilishingiz mumkin.

Shuning uchun til o’rganish sizning devimli mashg‘ulotingizga aylanishi lozim. Qanchalik ko‘p tilni o‘rgansangiz, shunchalik dunyoni turli xil ranglarda ko‘ra boshlaysiz.

Solijon AZIZOV

O‘zDJTU talabasi

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.