TOSHKENTDAGI KINO FESTIVALIDA 13 TA FILM NAMOYISH ETILDI

TOSHKENTDAGI KINO FESTIVALIDA 13 TA FILM NAMOYISH ETILDI

29.05.2017 0 fikrlar | 224 ko'rilgan

Alisher Navoiy nomli Kino saroyida Beshinchi Yevropa kinofestivali o’tkazildi. Uning doirasida mahalliy tomoshabinlar yevropalik kinochilar tomonidan ishlangan 13 ta kino va multfilmlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Festivalni Buyuk Britaniyada suratga olingan «Qirol aytadi» biografik filmi ochib berdi. Shuningdek, «Mitti odam» (Chexiya) multfilmi, «4 qirol» (Germaniya) dramasi, «Bokschi va ona» (Slovakiya) filmi, «Chavandoz chiroqchi» (Vengriya) va «Ko’l haqida ertak» (Germaniya) bigrafik dramalari va «So’nggi brilliant» (Fransiya) kriminal dramalari ham namoyish etildi.

Kino haftaligiga «Qanot qoq» fransuz tilidagi oilaviy filmi hamda «Echkilar poyezdga kech qolmaydi» ispan komediyasi yakun yasadi. Filmlar original tilda va rus tilidagi subtitrlar bilan namoyish qilindi.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.