INGLIZ TILI O’QITUVCHILARI TRENINGI O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA START OLDI

INGLIZ TILI O’QITUVCHILARI TRENINGI O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA START OLDI

27.08.2016 0 fikrlar | 427 ko'rilgan

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Britaniya kengashi  va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda ingliz tili o’qituvchilari uchun “Ta’lim bo’yicha davlat standartlarini amalga oshirish” mavzusida trening tashkil etildi. Ikki kunlik trening ingliz tilini o’qitish  bo’yicha  yangi dastur asosida murabbiylarning bilim va ko’nikmalarini  oshirishga qaratilgan.

img_8599

Chet tillarni o’rganish  nafaqat o’quvchining  qiziqish va  salohiyatiga, balki  o’qituvchi va til bo’yicha mutaxassislarning bilim va ko’nikmalariga bog’liq.  O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida o’tkazilayotgan mazkur treningda so’zga chiqqanlar PRESSET (o’qituvchilarni kasbga tayyorlash) dasturining afzalliklari borasida yig’ilganlarga atroflicha ma’lumot berishdi. Ta’kidlash kerakki mazkur dastur Chet tilini o’qitishning integrallashgan usuli bo’lib, u halqaro standartlar darajasida ingliz tilida tushunib, ravon gapiradigan va yoza oladigan hamda pedagogik faoliyatda zarur bo’ladigan til tizimlari haqida chuqur bilimga ega bitiruvchilarni tayyorlashga yo’naltirilgan kurs hisoblanadi.

img_8603

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tili o’qituvchilarga trening o’tkazilmoqda – O’zbekiston yangiliklari] Ma’lumot o’rnida aytish joizki, PRESSET dasturi 2008- yilda ta’lim tizimiga kiritilgan bo’lib o’sha davrda 4 ta ta’lim muassasasida tajriba asosida qo’llanilgan edi. Shunisi quvonarliki, ushbu dastur doirasida  o’qituvchilar o’zlari uchun qimmatli bo’lgan tajriba va ko’nikmalarga ega bo’lishdi. Treningda butun respublika bo’yicha  130 dan ziyod ingliz tili murabbiylari ishtirok etmoqda. Qayd etish kerakki malaka oshirish davomida o’qituvchilar guruhlarga ajralgan holda  intefaol mashqlar ham o’tkazishadi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.