INGLIZ TILIDA BEVOSITA TARJIMA QILINMAYDIGAN SO‘ZLAR HAQIDA ESHITGANMISIZ?

INGLIZ TILIDA BEVOSITA TARJIMA QILINMAYDIGAN SO‘ZLAR HAQIDA ESHITGANMISIZ?

12.12.2016 0 fikrlar | 855 ko'rilgan

Dunyoda tillar ko‘p va ular bir-biridan o‘zaro o‘zining lug‘at tarkibi bilan farq qiladi. So‘zlarni boshqa tillarga tarjima qilishda eng muhim vazifa ularning aynan ekvivalentini topishdir. Bu jarayonda so‘zlarning matndagi yoki so‘zlashuv jarayoniga to‘g‘ri keluvchi maqbul variantini topish tarjimonlardan yuksak mahorat va bilimni talab qiladi. Ba’zan so‘zlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girishda aynan to’g’ri va mos variantidan foydalanmaslik so‘zlashuvdagi asosiy maqsad-muddaoning to‘g‘ri tushunilmasligiga sabab bo’ladi. Ba’zan biror bir so‘zning ayni ekvivalent tarjimasini topish juda mushkul bo’ladi. Bunga sabab nima deyishingiz mumkin, bunga oddiygina javob shuki, har bir tilning egasi bo‘lgan xalqning o‘z mentaliteti, madaniyati, dunyoqarashi mavjud va ular shu kabi omillardan kelib chiqqan holda muloqotda ma’lum bir so‘zdan foydalanishadi. Xususan, ingliz tilida ham quyida keltirilayotgan so‘zlarning asl ekvivalentini topish biroz mushkul va bu so‘zlar bevosita emas, balki qo‘shimcha izoh va tushunchalar bilan muloqot jarayonida qo‘llaniladi. Ular bilan tanishamiz:  

Nemis tilidan olingan ushbu so’z “o’rmonda yolg’iz bo’lish hissiyoti” degan ma’noni anglatadi.

Italyan tilidan kirib kelgan “cualacino” “sovuq qadahning stol ustida qoldirgan izi” ma’nosi uchun ishlatiladi.

Inuit tilidagi “iktsuarpok” so‘zi “kimningdir kelishini oldindan his qilib tashqariga qarab turish hissi” ma’nosini beradi.

Yaponcha “komoreb” so’zi “daraxt yaproqlari orasidan tushib turuvchi quyosh nuri” ma’nosini berishi kishini hayratga soladi.

Ruscha “pochemuchka” so’zini tarjima qilib ko‘ringchi? U “ko’p savol beruvchi inson” ma’nosini bildiradi.

Ispan tilida “tushlik va kechki ovqatdan so’ng o’sha vaqtda taomni birga tanovul qilgan odam bilan suhbatlashib o‘tkazilgan vaqt” ma’nosi “sobremesa” so‘zi orqali beriladi.

Indonez tilida “jayus” so’zi “ham qiziqarsiz, ham ma’zmunsiz lekin odamni kuldiruvchi hazil” ma’nosini beradi.

Gavaya tilida “panapo’o” so‘zi “unutgan narsangizni eslashingizga yordam berish maqsadida boshingizni qashilash jarayoni” ma’nosida ishlatiladi.

Fransuz tilidagi “depaysement” so’zi “o‘z vatanida emasligidan insonda paydo bo’luvchi his” ma’nosini beradi.

Shved tilida “mangata” so‘zi “oyning suvda yo’lga o’xshab hosil qilgan aksi” ma’nosida foydalaniladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tilda bu so’zlarning mavjudligi o’sha tilning naqadar rang-barangligini ifodalaydi. Hayotning har bir lahzasi o’z rangiga egaligi insonning yashashga bo’lgan ishtiyoqini yanada oshiradi.

Internet materiallari asosida Solijon AZIZOV tayyorladi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.