Ingliz tilini tez o`rganishning 5 ta oltin qoidasi

Ingliz tilini tez o`rganishning 5 ta oltin qoidasi

18.02.2017 0 fikrlar | 852 ko'rilgan

Avval o`z tilim keyin ingliz tili

Barchamizga ma`lumki, har bir til grammatikasi boshqa bir til grammatikasi bilan o`zaro aloqadorlik xususiyatiga ega.  Bir til grammatikasida zamonlar, mustaqil so`zlar kabi qoidalar bo`lsa boshqa bir tilda ham xuddi shunday qoidalar mavjud. Shunday ekan siz o`z ona tilingiz grammatikasini yaxshi bilmasdan turib, ingliz tilini qanday o`rganmoqchisiz?

  1. Ingliz tili bilan doimo va tez-tez shug`ullanib turing

Boshlang`ich bosqichda haftada 5-6 marta 1,5-2 soatdan uzluksiz shug`ullanish lozim. Agar siz o`rta darajada bilimga ega bo`lsangiz haftada 3-4 marta 1.5 soatdan shug`ullanish bu eng samarali til o`rganish rejimi.

  1. Yaqinda o`rgangan bilimingizni tezda amaliyotda qo`llang.

Til o`rganishda bu usul eng ishonchli va samaralisi bo`lib, unda sizning bilimlaringiz nafaqat o`zingizga balki atrofdagilarga ham foydali bo`ladi.

  1. Bir vaqtning o`zida bir nechta o`quv qo`llanmalaridan foydalaning

Mukammal qo`llanmaning o`zi yo`q. Ingliz tilidagi bir kitobni tugatdingizmiz, tezda boshqasini varag`lab chiqing. Chunki har bir yangi kitobda yangi ma`lumotlar albatta bo`ladi.

  1. Oldingi o`rganganlaringizni vaqti-vaqti bilan takrorlab turing

Oldin o`rgangan so`zlaringiz va grammatik qoidalarni tez-tez takrorlab turing. Takrorlashning eng ma`qul muddati ikki haftada bir marta bo`lgani. Qadimgi yunon olimlari atganidek “ Repitito-yest materi”- “takrorlash- bilimlar onasi”.

Yuqorida ingliz tilini tez va samarali o`rganishning 5ta asosiy qoidalarini sizga taqdim etdik. Lekin  chet tilini qanday va qay yo`sinda o`rganish faqat va faqat o`zingiga bog`liq.

Temur Eshquvvatov

tayyorladi

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.