IUT TALABALARI JANUBIY KOREYADA YANGI BILIM VA TAJRIBA ORTTIRDI

IUT TALABALARI JANUBIY KOREYADA YANGI BILIM VA TAJRIBA ORTTIRDI

20.08.2016 0 fikrlar | 236 ko'rilgan

25-iyuldan 12-avgust kunigacha IUTning 10 nafar talabasi Koreya Respublikasidagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro yozgi maktabda ishtirok etdi. Yozgi maktabda 63 ta universitet va 20 ta mamlakatdan 300 nafarga yaqin talabalar bor edi. Eslatib o‘tamiz, yozgi maktabga IUT talabalari universitetning ichki tanlovlari asosida tanlab olindi. Ushbu tanlov g‘oliblari Koreya Respublikasidagi Inha universiteti yozgi maktabda bepul ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Yozgi maktabda ishtirokchilar “Koreya biznes tizimi va iqtisodiyoti”, “Biznesda ingliz tili”, “Sharqiy Osiyo siyosati va xalqaro aloqalar”, “Zamonaviy kelajak texnologiyalari” va boshqa mavzulardagi qo‘shimcha o‘quv kurslarida ishtirok etishdi.

Nodira Ibragimova:

— “Yozgi maktabda biz “Global biznes ingliz tili”, “Sharqiy Osiyo siyosati va xalqaro aloqalar” va boshqa fanlar bo‘yicha tashkil etilgan darslarda ishtirok etdik. Gangva oroliga bordik. Darslarda xorijdan kelgan talabalar bilan guruhlarga bo‘linib ishladik. Biz ular bilan do‘stlashdik va mamlakatlarimiz, madaniyatimiz va urf-odatlarimiz haqida ma’lumotlar almashdik”.

Talabalar shu bilan birga Koreyaning madaniyati va diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. Ular “Zangori uy” nomi bilan mashhur Prezident rezidensiyasi, Kyonbokkun saroyi, Namsan tog‘idagi Seul minorasi, Yon’indagi Everland parkiga ham bordilar.

inha-summer-5

Shaxzod Bohidjonov:

“Yozgi maktab tashkilotchilari Koreyaning turistik obyektlariga tashriflarni ham tashkil etdi. Biz Seuldagi Kyonbokkun saroyi va Incheondagi Songdo-dong parkiga, hamda boshqa diqqatga sazovar joylarga bordik. Koreyaliklar hayoti, madaniyati va tarixi haqida bilib oldik»

Talabalar Nanta-shou dasturini ham tomosha qildilar. “Nanta-shou – komik, musiqiy va kulinar nomoyishdir. Unda so‘zlar yo‘q va Koreyaning Samulnori an’anaviy ritmlariga asoslangan. Namoyish juda qiziq bo‘ldi. Namoyishda boshqaruvchi oshpazlarga to‘yga ovqat tayyorlashni buyuradi va ularga ovqat pishirishni bilmaydigan jiyanini qoldiradi. Bu esa qiziq hodisalarga olib keladi,” – dedi Jahongir Bahodirov. Yozgi maktab ishtirokchilari Koreya madaniyati tanlovida ishtirok etdilar.

Farangiz Nishonova: “Avvalombor, men O‘zbekiston hukumati va universitet rahbariyatiga shunday yozgi maktablarda ishtirok etishga sharoit yaratib berayotganliklari uchun tashakkur bildiraman. Yozgi maktab doirasida biz Koreya madaniyati tanlovida ishtirok etdik. Biz o‘z namoyishimizda Janubiy Koreyaga tashrifimizdan olgan taassurotlarni ko‘rsatishga harakat qildik. Ishtirokchilarga o‘zbek musiqasi, koreya qo‘shig‘i va zamonaviy raqs taqdim etdik”.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.