KAMPUS FRANS TALABALARGA MASLAHAT ULASHDI

KAMPUS FRANS TALABALARGA MASLAHAT ULASHDI

22.07.2016 0 fikrlar | 403 ko'rilgan

21-iyul kuni Kampus Frans agentligining O‘zbekistondagi bo‘limi 2016-2017-o‘quv yilida Fransiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun jo‘nab ketayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Talabalarning ba’zilari Fransiya davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lsa, boshqalari o‘z hisoblaridan ta’lim olishadi. Ular Fransiyaning Anje, Bordo, Klermon-Ferran, Lion, Marsel, Nitsa, Orlean, Parij, Strasburg va Tuluza kabi shaharlaridagi oliy o‘quv yurtlarini tanlashgan.

13700086_1181101448609425_3255647233542258272_n

Bugungi kunda Toshkent fransuz alyansi qoshida joylashgan Kampus Frans agentligining O‘zbekistondagi bo‘limi 2013-yili ochilgan. Bo‘lim Fransiyada ta’lim olishni istagan talabalarga ma’lumotlar berish, ularni yo‘naltirish, ta’lim muassasalariga yozilishlariga va jo‘nab ketishlariga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

Fransiya oliy ta’lim muassasalari har yili 278 mingdan ziyod chet ellik talabalarni kutib oladi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.