«MAKTAB ATROF MUHIT UCHUN: O‘YLA, IZLAN, HARAKAT QIL!»

«MAKTAB ATROF MUHIT UCHUN: O‘YLA, IZLAN, HARAKAT QIL!»

17.07.2017 0 fikrlar | 74 ko'rilgan

Gyote institut Sharqiy Yevropa va markaziy Osiyoda ta’lim olayotgan maktab o‘quvchilari uchun to‘rtinchi marotaba “Maktab atrof-muhit uchun: o‘yla, izlan, harakat qil!” loyihasi doirasida xalqaro tanlovni e’lon qiladi. Tanlovning maqsadi yoshlarni sayyoramizdagi ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqirish, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib qilishdan iborat. 

Tanovda ishtirok etish uchun o‘quvchilar o‘zlari yashayotgan shahar, qishloqning suvi, ob-havosi, tuproq holati, energiya iste’moli, o‘simlik va hayvonot dunyosi, chiqindi, sog‘liqni saqlash, ovqatlanish holatini obdon o‘rganishlari kerak bo‘ladi.O‘quvchilar ekotizimdagi mavjud muammolar bilan yaqindan tanishgandan keyin atmosfera musaffoligini saqlab qolish, mavjud vaziyatni bartaraf etish borasida o‘zlarining aniq taklif va fikr-mulohazalarini kichik loyiha shaklida tayyorlaydilar. Eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari Germaniyada o‘tkaziladigan IV Xalqaro yoshlar ekologik konferensiyasiga taklif qilinadi.

Tanlov to‘g‘risida to‘liq ma’lumot

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

O'xshash maqolalar

Tanlovlar bo'limidan o'xshash maqolalar

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.