Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar faqat axborot almashinuvi uchun kerakmi?

Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar faqat axborot almashinuvi uchun kerakmi?

06.03.2017 0 fikrlar | 449 ko'rilgan

XXI asr insoniyat tarixida turli kashfiyotlar va yangiliklar davri sifatida tarixda o’z o’rniga ega bo’lib bormoqda. Insoniyat tafakkuri o’z rivojlanish darajasining eng yuqori natijalari sifatida kompyuterlar, “aqlli” telefonlar kundalik turmushimizning bir qismiga aylaganini ko’rsatish mumkin.

Masalan, inson har kuni internetdan, kompyuter va mobil telefonlardan foydalangan holda o’zining aloqa almashinuv va boshqa bir qator ehtiyojlarini qondiradi. Mobil telefonlar, ya’ni smartfonlar bugun kompyuter bajaradigan deyarli barcha funksiyalarni amalga oshirmoqda. Xususan, musiqa tinglash, kino tomosha qilish, hujjatlarni tayyorlash, tahrir qilish va boshqalar. Bu imkoniyatlari bilan smartfonlar to’laqonli ravishda asosiy axborot vositasi sifatida o’z statusini ijtimoiy muhitda kundan kunga oshirib bormoqda. Shuningdek, mobil qurilmalar o’z vazifalarini yanada kengaytirishi uchun turli tuman dasturlar yaratilmoqda. Misol uchun, mesenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar, ya’ni har kuni xabar yuborish va qabul qilish uchun xizmat qiluvchi dasturlar. Masalan, Facebook, Telegram, Twitter, WhatsApp, Viber, VK, Google+, Instagram, You Tube va boshqalar. Ushbu mesenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar o’z funksiyalarini kundan kun oshirgani sari rivojlanish darajasi va imkoniyatlari ham shunchalik kengayib bormoqda.

Shu yerda bir savol paydo bo’ladi: “Mesenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar faqat axborot tarqatish, almashinuv uchun kerakmi?”. Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin: mesenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar o’zining keng imkoniyatlari va qulayliklari jihatidan juda katta odamlar jamoasini o’zlariga jalb qila oldi. Bu orqali mesenjerlarning boshqa imkoniyatlaridan ham foydalanish mumkin, ya’ni chet tillarini o’qitish va o’rganish.

Masalan, Facebook ijtimoiy tarmog’ida til o’rganuvchilar uchun alohida guruhlar shakllantirish, ular uchun maxsus sahifalar ochish hamda chet tillarini o’qitish mashg’ulotlarining eng so’nggi texnologiyalari sifatida jonli, ya’ni onlayn muhitida dars mashg’ulotlarini dunyoning istalgan nuqtasidan turib olib borish mumkin.

Telegram mesenjeri orqali ham chet tili o’rganuvchilari uchun alohida, ya’ni ularning darajalariga ko’ra guruhlar shakllantirish – bu ishni yoki maxsus kanal ko’rinishida, yoki ‘bot’ ko’rinishida shakllantirish, o’rganuvchilarni yoki chet tillarini o’rgatuvchi mutaxassislar bilan qulay usulda bog’lanish, o’rganuvchilarning olgan bilimlari yuzasidan onlayn test yoki so’rovnoma asosida tekshirish kabi imkoniyatlarni amalga oshirish mumkin.

WhatsApp mesenjeridan o’rganuvchilar uchun maxsus guruhlar tashkil etish, ularning darajasiga ko’ra ma’lumotlarni ‘broadcast’ usulida taqdim etish, mesenjerdan QR kod orqali kompyuter qurilmasidan ham foydalangan holda dars mashg’ulotlarini o’tish, o’rganuvchilar bilan ovozli qo’ng’iroq orqali ham bog’lanish kabi imkoniyatlar mavjud.

Viber mesenjeri chet tillarini o’qitish mutaxassilariga o’rganuvchilar bilan turli guruhlar asnosida shug’ullanish yoki bir vaqtning o’zida bir o’rganuvchi bilan bo’layotgan mashg’uotga boshqa o’rganuvchilarni ham jalb qilish, ular bilan matnli, ovozli yoki video qo’ng’iroqlar orqali bog’lanish imkoniyatlarni taqdim etadi.

You Tube ijtimoiy tarmog’i chet tillarini o’qitishda eng samarali usul hisoblanuvchi video orqali tushuntirish imkonini beradi, ya’ni mutaxassis shaxs ushbu ijtimoiy tarmoqda o’rganuvchilarning chet tilini o’rganish darajalariga qarab maxsus kanallar yaratadi va unga video materiallarni joylashtiradi. Ushbu jarayonda darslar onlayn muhitida ko’plab kuzatuvchilar, ya’ni o’rganuvchilar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Google+ ijtimoiy tarmog’ida mutaxassis shaxs chet tilini o’rganuvchilar uchun maxsus bo’lim yaratishi va materiallarni tayyorlashda eng so’nggi texnologiyalardan foydalanishi mumkin.

Yuqorida tilga olingan mesenjerlarning barchasi o’ziga xos afzalliklari bilan chet tillarini o’qitish tizimida masofaviy ta’lim sifatini oshirishda samarali natijalarni berishi shubhasiz. Zamonaviy ilm-fan taraqqiyotlaridan foydalangan holda chet tillarini o’qitish sifatli dars jarayonlari hamda kuchli kadrlarni tayyorlash imkoniyatini taqdim etadi.

Solijon AZIZOV

O’zDJTU talabasi

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.