MILLIY SPEKTAKLLARIMIZ CHET TILLARIDA NAMOYISH ETILDI

MILLIY SPEKTAKLLARIMIZ CHET TILLARIDA NAMOYISH ETILDI

16.12.2015 0 fikrlar | 262 ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-1875 sonli qaroridan kelib chiqqan holda, hozirda respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitish bo‘yicha axborot-kommunikasion texnologiyalarni qo‘llagan holda bir qancha samarali ishlar qilinmoqda.

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

Samarqand davlat chet tillar institutitda ham ana shu ishlarning bir qismi sifatida an’anaviy “Tillar bellashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir institutimizda 3 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Tadbirda o‘zbek milliy qadriyatlarini saqlagan holda hamda xalqimiz uchun juda qadrli bo‘lib qolgan “Parvona”, “Oltin devor” va “Kelinlar qo‘zg’oloni” kabi o‘zbek spektakllaridan ayrim parchalarni talabalar ijrosida nemis, fransuz, ispan, italyan va ingliz tillarida namoyish qilindi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarimizda chet tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish hamda ming yillardan beri davom etib kelayotgan o‘zbek milliy qadriyatlarini o‘rgatish kabilar hisoblanadi.

Kelajakda o‘zbek xalqiga manzur bo‘lgan spektakllarni talabalar ijrosida chet tillarda namoyish qilish hamda ushbu jarayonni katta sahnalarga olib chiqish rejaga kiritildi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.