«My first President» mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi

Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida «My First President» mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e’lon qilinadi!

Tanlov O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag’ishlanadi. Inshoda mamlakat hayotida yuqori o’rin tutgan buyuk shaxsning kelajak avlod uchun yaratgan imkoniyatlari, har bir yosh iste’dod uchun kerakli bo’lgan da’vatlari, bosib o’tgan hayot yo’lidagi ibratli jihatlar aks ettirilishi mumkin.

Insholar tajribali Hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, “O’zbekistonda xorijiy tillar” (www.fledu.uz) internet portalining maxsus ruknida e’lon qilib boriladi.

Eng yaxshi deb topilgan insholar nashr etilishi ko’zda tutilayotgan alohida to’plamdan joy oladi.

Insholar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Mazmunan boy, fikrlar izchilligi;
  • Imlo xatolarisiz;
  • Original, kreativ yondashuv;
  • Insho yozish talablari asosida (kirish, asosiy qism, xulosa)
  • A4 formatida 1 varaqdan kam bo’lmasligi.

Insholarni topshirish muddati: 09.09.2016dan – 30.09.2016gacha

Insholaringiz, o’zingiz haqingizdagi qisqacha ma’lumot va telefon raqamingizni elektronjurnal@mail.ru elektron manziliga bizning pochta manzilimizga, yoki Telegram orqali +998911632850 raqamiga yuboring.

Tanlov nizomi