Oliy ta’limni modernizatsiya qilish uchun O`zbekistonga $50 million mablag’ ajratiladi

Oliy ta’limni modernizatsiya qilish uchun O`zbekistonga $50 million mablag’ ajratiladi

19.04.2017 0 fikrlar | 103 ko'rilgan

Jahon banki va O`zbekiston hukumati, 11 aprel kuni oliy ta’limni modernizatsiya qilish loyihasi yuzasidan o’zaro bitim imzoladilar, – deb xabar berdi «Gazeta.uz». Jahon banki Xalqaro assotsiatsiyasi imtiyozli ravishda O’zbekistonga $42,2 million hajmdagi kredit ajratadi. 

Loyihani amalga oshirish 2017-2022 yillar oralig’iga mo’ljallangan. Modernizatsiya uchun umumiy hisobda 50 million AQSH dollari sarflanishi ko’zda tutilgan. Loyihada oliy o’quv yurtlari salohiyatini oshirish, malakali yosh kadrlarni yetishtirish va tegishli, sifatli hamda iqtisodiy taraqqiyotni yoqlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko`zda tutiladi.

Shuningdek, loyiha doirasida oliy ta’lim ta’lim muassasalarini boshqaruvchi axborot tizimi moliyalashtirish, ilmiy-amaliy bazaga ega labaratoriyalar (ba’zi universitetlarda) va o’quv dasturlari ta’minoti bilan birga ana shu labarotoriyalardan unumli foydalanish ko’zlanmoqda. Yana bir muhim jihati shundaki, bu loyiha asosida milliy elektron kutubxonalar tashkil etilib, ular O`zbekistondagi ta’lim tizimini yaxshilanishiga zamin yaratadi.

 

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.