Nega xitoycha so‘z ma’noliroq va yapon tili eng tez gapiriladigan til?

Nega xitoycha so‘z ma’noliroq va yapon tili eng tez gapiriladigan til?

20.04.2017 0 fikrlar | 372 ko'rilgan

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz nega ba’zi bir tillar boshqa bir tillarga qaraganda so‘zlashilganda nisbatan tezroqdek tuyuladi? Masalan, yapon tili nemis tiliga nisbatan, ispan tili ingliz tiliga nisbatan tezroq so‘zlashiladi. Biroq hech e’tibor berganmisiz dublyaj qilingan filmlarda tarjima qilingan matn filmdagi aktyorlarning aynan og‘iz harakatlarigacha mos keladi. Buning siri nimada?

Aynan shu masala yuzasidan Lion universitetida uch tadqiqotchi til tezligi bo‘yicha tajriba o‘tkazdi. Ular ixtiyoriy 59 nafar, ya’ni 30 nafar erkak va 29 nafar ayol ishtirokchilarni yig‘ishdi. Ishtirokchilarning har biri ingliz, fransuz, nemis, italyan, yapon, mandarin, ispan kabi tillarning birida so‘zlasha olar edi. Tadqiqotchilar 150 daqiqa davomiylikka ega bo’lgan 585 ta audio yozuvni tayyorlashdi. Buning uchun ishtirokchilarning har biri o‘z tilida quyidagi iborani audio tasmaga yozishdi: “O‘tgan kecha men mushukni tashqariga chiqarib yuborish uchun old eshikni ochdim. Shunchalar go‘zal oqshom ediki, men bog‘ga toza havo olish uchun chiqdim. Shunda orqamda eshik yopilib “shirq” etgan tovushni eshitdim va eshikni ichkaridan qulflanib qolganini angladim. Keyin eshikni ochishga harakat qilayotganimda militsiya tomonidan hibsga olindim.” Ingliz tilidagi variantida matn quyidagicha:

“Last night I opened the front door to let the cat out. It was such a beautiful evening that I wandered down the garden for a breath of fresh air. Then I heard a click as the door closed behind me. I realized I’d locked myself out. To cap it all, I was arrested while I was trying to force the door open!”

Xo‘sh, tadqiqotchilar nimani aniqlashdi? Ular audio yozuvdagi har bir bo‘g‘inni hisoblab chiqishdi va ularning har biri qanchalik ko‘p ma’no ifodalashini tahlil qilishdi.

Natijalarni o‘zingiz ham solishtirib chiqishingiz mumkin: yapon tili sekundiga 7.84 ta bo‘g‘in, ispan tili 7.82, ingliz tili 6.19, xitoy tili 5.18 ko‘rsatkich bilan o‘z tezligini ko‘rsatdi. Biroq ularning qanchalik ko‘p o‘zida axborot mujassamlashtirganiga nazar solsak, yuqoridagi ko‘rsatkichlar mutlaqo o‘zgaradi: yapon tili axborot zichligi 0.49, ispan tili 0.63, ingliz tili 0.91 va xitoy tili 0.94 zichlik ko‘rsatkichni namoyon etdi.

Demak, tillarning axborot sig‘imi qancha katta bo‘lsa, ular shuncha sekin eshitiladi va aksincha biror tildagi so‘zlar salmog‘i qancha kam bo‘lgani sari, ular shuncha tez gapiriladi. Xullas, dunyoda odamlar turlicha tezlik va tempda so‘zlashgani bilan, ularning so‘zlashish samaradorligi bir xil.

 Solijon AZIZOV

O‘zDJTU talabasi

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.