Toshkentda “Ta’lim va mutaxassislik-2017” XVI xalqaro ko‘rgazmasi yakunlandi

Toshkentda “Ta’lim va mutaxassislik-2017” XVI xalqaro ko‘rgazmasi yakunlandi

01.04.2017 0 fikrlar | 340 ko'rilgan

30, 31, 1-mart kunlari Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi hamda tegishli vazirliklar hamkorligida tashkil etilgan “Ta’lim va mutaxassislik-2017” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z yakuniga yetdi.

Ko‘rgazmada Toshkentdagi ko‘plab oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan bir qatorda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ham ishtirok etib, nafaqat O‘zbekistondagi, balki dunyoning bir qator mamlakatlaridagi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mahalliy va xorijiy mutaxassislardan javob olishdi.

O‘z navbatida mazkur xalqaro ko‘rgazmaning ahamiyati haqida unda ilk bora ishtirok etayotgan Polsha oliy o‘quv yurti vakillari ham o‘z mulohazalarini bildirishdi.

Маrta Kosior-Kazberuk, professor, Polshaning Belostok tехnikа universiteti o‘quv ishlari va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori: – O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan ixtisoslashtirilgan bu kabi ko‘rgazmada, bizning universitet ilk bora ishtirok etmoqda. Meni o‘zbekistonlik yoshlar tomonidan universitetimizga bo‘layotgan qiziqishlari va ularning bizga bo‘lgan iliq hamda samimiy munosabatlari nihoyatda xursand qildi. Fikrimizcha, ko‘rgazma yuqori saviyada tashkil etilgan, va shu bilan birga bizga Polshada ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazish uchun keng va qulay maydoncha ajratilganidan xursand bo‘ldik. O‘zbekistonlik yoshlarning Polshada, xususan bizning universitetimizda ham ta’lim olib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarini istardim.

Kristina Muravska-Sitko, Polshaning Belostok техniка universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi: – Biz O‘zbekiston yoshlariga Belostok tехnikа universitetida nafaqat polyak tilida, balki ingliz tilida ham ta’lim olsh mumkinligini ma’lum qilamiz. Universitetimizda 7 ta fakultet mavjud bo‘lib, bular: qurilish, arxitektura, injineriya, informatika, matematika, mexanika hamda menejment mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan fakultetlardir.

Katajina Kravchik, Vroslav Universiteti, Polsha: – O‘ylaymanki, Vroslav universiteti ham mazkur ko‘rgazmada bir qator nufuzli universitetlar singari munosib ishtirok etdi. Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida O‘zbekiston yoshlari uchun universitetimiz haqida batafsil ma’lumot beruvchi maxsus taqdimot o‘tkazdik. O‘zbek yoshlarida kelgusida Polsha oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishga qiziqish uyg‘ota olgan bo‘lsak, xursandmiz. O‘zbekistonlik yoshlar, biz sizlarni Vroslav universitetida kutamiz!

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.