Xorijiy tillarni o’rganish masalalari bahsi

Xorijiy tillarni o’rganish masalalari bahsi

18.04.2017 0 fikrlar | 235 ko'rilgan

Andijon Davlat universitetida, xorijiy tillarni o`rganish va zamonaviy tilshunoslikning ayni kundagi masalalariga bag’ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. 

Tadbirda oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari, xorijiy tillar bo’yicha mutaxassislar, yosh olimlar va talabalar qatnashdilar. Konferensiya ishtirokchilari ta’lim jarayoning barcha bosqichlarida uzluksiz xorijiy tillarni o’rganishni samarali tashkillashtirishning yutuq va kamchiliklari, zamonaviy pedagogikaning informatsion-kommunikativ texnologiyalari, millatlararo hamkorlik va malakali kadrlarni tayyorlash borasida fikr almashdilar.

Ma’daniy va ko’ngilochar dastur doirasida, Andijon Davlat universiteti talabalari, rus, ingliz, nemis va fransuz tillarida sahna ko`rinishlari namoyish etdilar. Shuningek, xorijiy tildagi eng yaxshi insho, maqola va videorolik tanlovlari g’oliblarini taqdirlash marosimi ham o`tkazildi,  – deb yozadi UzA.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.