OILA BILAN MAROQLI VA FOYDALI DAM OLISH KUNI

OILA BILAN MAROQLI VA FOYDALI DAM OLISH KUNI

28.10.2014 0 fikrlar | 209 ko'rilgan

Poytaxtimizdagi «NEXT» ko‘ngilochar savdo majmuasida Britaniya Kengashi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan «Ingliz tilini ota-onalar bilan o‘rganamiz» loyihasi doirasida UNICEF hamda «Kinder» savdo belgisi homiyligidagi navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

«Ingliz tili bilan birga o‘samiz» nomi ostida tashkil etilgan ushbu tadbir bolajonlar va ularning ota-onalari uchun haqiqiy bayramga aylana oldi. Shu kuni ular turli xil musobaqalar, interfaol o‘yinlar, bilimlar bellashuvida ishtirok etib nafaqat sovrinlar qo‘lga kiritish, balki ingliz tili borasidagi bilimlarini oilaviy tarzda oshirish imkoniga ham ega bo‘ldilar. Bunda bolajonlarga mashhur kinoaktyorlar Janob Bin, Charli Chaplin va Jek Chittak qiyofasidagi Britaniya Kengashi vakillari  katta yordam berdilar.

14132002792

Mark Krossi, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori: Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha shu paytga qadar o‘tkazib kelingan tadbirlarda biz asosiy e’tiborni o‘smirlar, yoshlarga qaratgan bo‘lsak, bugungi tadbirni faqat va faqat bog‘cha yoshidagi hamda boshlang‘ich ta’limda tahsil olayotgan bolajonlar  uchun tashkil etdik. Shu o‘rinda taklifimizga ijobiy qarabtadbirga o‘z farzandlari bilan tashrif buyurgan barcha ota-onalarga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Ushbu tadbir ham bizning «Ingliz tilini ota-ona bilan o‘rganamiz» loyihasi tarkibiga kirgani sababli ularning farzandlari bilan birgalikda ishtirok etishlari juda muhim edi. Tashkil etilgan turli ko‘ngilochar o‘yinlar, musobaqa, konsert dasturlari bolajonlar va ularning ota-onalari uchun  maroqli xordiq chiqarib ingliz tili borasidagi bilimlarini kuchaytirib olishlariga har tomonlama ko‘makdosh bo‘ladi deb umid qilamiz.

Tadbir yakunida musiqiy guruhlar va xonandalar tomonidan bolajonlar uchun konsert dasturi tashkil etildi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.