99 NAFAR INXA TALABASI JANUBIY KOREADA O‘QISHNI DAVOM ETTIRADILAR

99 NAFAR INXA TALABASI JANUBIY KOREADA O‘QISHNI DAVOM ETTIRADILAR

27.06.2017 0 fikrlar | 354 ko'rilgan

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) birinchi marotaba 100 nafarga yaqin to‘rtinchi bosqich talabalarini tahsil olishni davom ettirishlari uchun Janubiy Koreyaga yubordi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Janubiy Koreyadagi Inha universiteti 2018 yilga qadar IUT talabalarini bir akademik yil davomida Inchxonda tahsil olishlari loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi. Ya’ni, IUT talabalari bir akademik yil davomida Koreya Respublikasidagi yetakchi universitetlardan birida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Kelishuvga binoan, 2017 yilning 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetining 99 nafar talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetida tahsil olishni davom ettirish maqsadida Janubiy Koreyaga uchib ketishdi.

IUT talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetidagi o‘z tahsillarini 2017 yilning 28 iyun kuni boshlashadi. Talabalar O‘zbekistonga 2017 yilning dekabr oyining oxirlarida qaytib kelishadi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati talabalarning Janubiy Koreyada tahsil olishlarini tashkillashtirish borasida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, universitet xodimlari talabalariga viza olish hamda logistik-tashkiliy masalalarni hal qilishda yaqindan ko‘mak berishdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha universiteti har bir semestr yakunlariga ko‘ra, har bir kursdan yakuniy imtihonlarda yuqori ball to‘plagan hamda o‘qish jarayonida o‘zlarini ijobiy tomondan ko‘rsatgan 10 nafar eng yaxshilarini aniqlaydi. Bu talabalar bir semestr uchun o‘qish pulini to‘lashdan 100 foiz yoki qisman ozod qilinadilar.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.