Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar o’rtasida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar o’rtasida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qildi

07.04.2017 0 fikrlar | 58 ko'rilgan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 17-martda “Oliy ta’lim muassasalarida “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularidagi tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra tanlov yuqorida nomlari keltirilgan nominatsiyalar bo‘yicha maqolalar yozish usulida 3 bosqichda amalga oshiriladi. 1-2-bosqichlar OTMlarning fakultet va fakultetlararo tarzida aprel oyi hamda may oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. Yakuniy (3) bosqich respublika OTMlaridan saralanib olingan talabalar o‘rtasida, may oyining uchinchi o‘n kunligida bo‘lib o‘tadi.

Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

  • Mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
  • Ijodiy ishlarning stilistik va gramatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
  • Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
  • Mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
  • Mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;
  • Mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi;

Har bir mezon 10 ballik tizim asosida (jami 60 ball) baholanadi.

Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida ham yozilishi mumkin) kompyuterning Word dasturida A4 hajmida, yuqori va pastki qismidan 25 mm, o‘ng tomondan 15 mm chap tomondan 30 mm joy qoldirgan, Times New Roman yozuv usulida 10 sahifadan ortmagan holda yuborilishi shart. OTMda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 2 nafar ishtirokchi respublika bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar.

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi.

 “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi ijodiy ishlar:

1-o‘rin – 600 000 (olti yuz ming) so‘m;

2-o‘rin – 500 000 (besh yuz ming) so‘m;

3-o‘rin – 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m;

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ijodiy ishlar:

1-o‘rin – 600 000 (olti yuz ming) so‘m;

2-o‘rin – 500 000 (besh yuz ming) so‘m;

3-o‘rin – 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m;

Qo‘shimcha ma’lumotga va boshqa qiziqtirgan savollarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mm.markaz@edu.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.