OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIDA 15 IYUN KUNI AQSH ELCHISI PAMELA SPRATLEN BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIDA 15 IYUN KUNI AQSH ELCHISI PAMELA SPRATLEN BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

16.06.2017 0 fikrlar | 64 ko'rilgan

Uchrashuv AQSHning favqulodda va muxtor elchisi tashabbusiga ko‘ra tashkil etildi. AQSH elchisini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. Qosimov qabul qildi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — oliy ta’lim sohasidagi O‘zbekiston va AQSH ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Aqsh elchisi Pamela Spratlen xonim suhbat boshida AQSH va O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi mavqeidan mamnun ekanligini ta’kidlar ekan, “Bizning oliy ta’lim sohasidagi hamkorligimiz ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikning o‘ta muhim yo‘nalishlaridan birini tashkil qiladi”, – deya ta’kidladi elchi.

So‘ngra elchi AQSHda 3 ming atrofidagi oliy ta’lim muassasalari, ya’ni universitetlar va ilmiy markazlar faoliyat ko‘rsatishini qayd etib, ko‘plab Amerika universitetlari fan va ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishib, jahonning yetakchi ta’lim muassasalariga aylanganligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarni mustahkamlashga doir boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.