O’zbekistonlik tilshunoslar Rossiyadagi seminarda qatnashib kelishdi

O’zbekistonlik tilshunoslar Rossiyadagi seminarda qatnashib kelishdi

24.11.2016 0 fikrlar | 129 ko'rilgan

17-18 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Rossiya xalqlar do’stligi universitetida “Turkologiyaning hozirgi zamon muammolari: til-adabiyot-madaniyat” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Mazkur konferensiyada 15 dan ortiq mamlakatlardan professor-o’qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

7

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchilari Ismoilov G’ulom, Otajonova Manzura hamda Nodirbek Jo’raqo’ziyevlar  o’z ma`ruzalarini taqdim etishgan edi. Tadbirning ochilish marosimida so’zga chiqqan Rossiya xalqlar do’stligi universiteti rektori professor V.M. Filipov konferensiya ishtirokchilarini tabriklar ekan, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti haqida  to’xtalib, mazkur oliy dargohning ochilishiga yuksak baho berdi.

Rektor o’z so’zida universitetga buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy nomi berilganligini alohida e`tirof etar ekan, bunday quvonchli hodisalar turkiy tillar rivojida katta ahamiyat kasb etishini ta`kidladi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.