“PARTICIP GMBH” TASHKILOTI VAKILLARI SAMDCHTIDA

“PARTICIP GMBH” TASHKILOTI VAKILLARI SAMDCHTIDA

03.12.2015 0 fikrlar | 291 ko'rilgan

3-dekabr kuni Yevropa Ittifoqi “Particip GmbH” tashkiloti eksperti Karen Roberts hamda Osiyo va Markaziy Osiyo bo‘yicha YeI dasturlari monitoring guruhi eksperti Karina Astanovalar  Tempus, Erasmus Mundus loyihalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va bu borada institutda amalga oshirilgan ishlar natijalarini o‘rganish yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

f6951a98fb002860cfd1cff84697b108

Ekspertlar institut rektori, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i, TuCАHEA loyihasining bo‘yicha koordinatori ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutda ta’lim tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 10-dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi hamda institutda mavjud TuCАHEA, DeTEL , QAPD, Erasmus Mundus SILKROUTE kabi loyihalar faoliyati va erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, mehmonlar institut til va madaniyat markazlari va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.