FRANSIYA ELCHIXONASI FRANSUZ TILINI O`QITISH BO`YICHA IKKINCHI YOZGI MAKTABNI TASHKIL ETDI

FRANSIYA ELCHIXONASI FRANSUZ TILINI O`QITISH BO`YICHA IKKINCHI YOZGI MAKTABNI TASHKIL ETDI

20.06.2017 0 fikrlar | 147 ko'rilgan

Toshkent viloyati Bo`stondam olish maskani respublika bo`yicha barcha OTM, litsey va maktablardan jalb etilgan 100 dan ortiq o`qituvchilarni jamlab, 19 iyundan fransuz tilini o`qitish bo`yicha ikkinchi yozgi maktab ochilishiga start oldi, deya xabar beradiTurkiston pressaxborot agentligi.

Yozgi maktabda 10 nafar fransuz tilini o`rganuvchi talabalar hamda Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Farg`ona, Xorazm va Toshkent viloyatidan kelgan 10 nafar fransuzzabon gidlar ham ishtirok etdi.

Yozgi maktab: o`quv mashg`ulotlari, mahorat darslari hamda madaniy kechalarni o`z ichiga oladi.  Fransuz tilini o`qitish bo`yicha 5 ta xorijiy mutaxassis trenerlar taklif etilgan.

Fransuz tili yozgi maktabi O`zbekistondagi Fransiya elchixonasi va O`zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi, Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida tashkillashtirildi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.