«ET EN PLUS, JE PARLE FRANÇAIS» XALQARO TANLOVINING MAXSUS SOVRINIGA EGA BO’LDI

«ET EN PLUS, JE PARLE FRANÇAIS» XALQARO TANLOVINING MAXSUS SOVRINIGA EGA BO’LDI

23.06.2017 0 fikrlar | 146 ko'rilgan

«Et en plus, je parle français!» nomli xalqaro fototanlovda ishtirok etib, maxsus sovrinni qo‘lga kiritgan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi Feruz Qoraboyevni chin dildan muborakbod etamiz.

Feruz Qoraboyevning 2m X 4m hajmdagi surati iyul-avgust oylarida Parij aeroportlarida namoyish etiladi. Shuni takidlab o‘tish joyizki, kuniga 200 000 nafardan ortiq passajir Parij aeroportlaridan sayohat qilishadi. Tanlov g‘olibi sifatida unga planshet ham sovg‘a qilinadi.

2017 yilning mart oyida Parij fransuz instituti tomonidan Parij aeroportlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur fototanlov butun dunyodagi fransuz tili ixlosmandlarini jalb etdi. Tanlovda 1449 kishi ishtirok etgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik frankofonlar ishtiroki alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi. Chunki O‘zbekiston ishtirokchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashdi. Ushbu tanlovda ishtirok etishgan barcha talabalar, o‘quvchilar, fransuz tili o‘qituvchilari, frankofonlar va fransuz tili ixlosmandlariga ofarinlar aytib qolamiz!

Tanlov yakunlari bilan quyidagi havolada tanishish mumkin : www.etenplusjeparlefrancais.fr

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.