O’QITUVCHILARNI XORIJDA MALAKA OSHIRISHGA TAYYORLASHAYAPTI

O’QITUVCHILARNI XORIJDA MALAKA OSHIRISHGA TAYYORLASHAYAPTI

27.06.2017 0 fikrlar | 794 ko'rilgan

Respublika OTMlaridan 140 nafar o`qituvchilar PRESETT dasturi bo`yicha o`tkazilgan seminartreningda ishtirok etdi.Ular  4 hafta davomida auditoriyalarda intensive kurslarni o`tab,keying 20 hafta mobaynida talimda boshqaruv tizimi va virtual talim muhitini onlayn MOODLE platformasida o`rganadilar.

Hozirda Britaniya Kengashida ingliz tili bo`yicha xalqaro Aptis testini topshirayotgan va ingliz tiliga ega bo`lish darajalari innovatsion vositalar asosida tekshirilayotgan 600 nafardan ziyod o`qituvchilarni kelgusida qayta o`qitish ko`zda tutilgan. Bu tashkilot va muassasalarga ingliz tili sohasidagi standartlarni belgilash hamda zaruriy ko`nikmalar asosida xodim va talabalarni tanlashda yordam berish uchun mo`ljallangan. Shuningdek, yuqori malakali o`qituvchilarni xorijiy davlatlarga tajriba almashinuviga yuborish ham mo’ljallangan.

Seminar O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Oliy ta`lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik  markazi, O`zDJTU huzuridagi chet tillarni o’qitishning zamonaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda O’zbekistondagi Britaniya Kengashi hamkorligida tashkil etilib, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’qitish darajasini oshirish, ta’lim tizimini isloh va modernizatsiya qilish, nofilologik yo`nalishlarda xorijiy tillarni o’qitishda zamonaviy metod va texnologiyalardan o’qituvchilarni xabardor qilishda muhim ahamiyatga esa bo`ldi.

Vikrotiya Lyamkina,

O`zDJTU huzuridagi chet tillarni o’qitishning zamonaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi ilmiy xodimi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.