QISHNI NEMIS TILI BILAN KUTIB OLAMIZ

QISHNI NEMIS TILI BILAN KUTIB OLAMIZ

08.12.2015 0 fikrlar | 144 ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan qilinayotgan ishlar doirasida Urganch davlat universiteti  filologiya fakultetida “Qishni nemis tili bilan kutib olamiz” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. Ushbu o‘quv seminar O‘zJDTU lektorlari Sedrik Rayxl, Simon Krechmer va Farg‘ona Davlat Universiteti lektori Simone Xelmshrot tomonidan o‘tkazildi. Ushbu o‘quv seminarga bugungi kunda nemis tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan turdosh OTM talabalar jalb etildi. Tadbir Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminarda “Umumevropa tillar kompetensiyasi, CEFR”, standarti asosida talabalarga o‘qib tushunish, eshitish, yozish va gapirish ko‘nikmalari bo‘yicha interfaol darslar o‘tildi, hamda ishtirokchilar seminar doirasida o‘zlari yashayotgan shaxarlari, o‘qiyotgan universitetlari haqida taqdimotlar qilishdi. Seminarning beshinchi kunida Germaniya haqida viktorina o‘tkazildi.

Tadbir doirasida talabalar Urganch shaxrining diqqatga sazovor joylari va Xiva shaxriga tashrif buyurishdi va seminar yakunida qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.