Xorijiy tillarni o‘qitishda ona tilining ahamiyati masofaviy muhokamada

Xorijiy tillarni o‘qitishda ona tilining ahamiyati masofaviy muhokamada

18.04.2017 0 fikrlar | 515 ko'rilgan

 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetida 18 aprel kuni oliy ta’lim muassasalari aro “Xorijiy tillarni oqitishda ona tilining ahamiyati: muammolar, yechimlar va istiqbolli rejalar” mavzusida masofaviy, ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi.

Konferensiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik, elektron jurnalva Internet portali hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirni Toshkent davlar o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuxrat Sirojiddinov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Madjid Karimovlar ochib berar ekan, innovatsion shakldagi konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilashdi.

Konferensiya yalpi majlisida O‘zDJTU professor o‘qituvchisi Mirabbos Iriskulov, AQSHlik mutaxassis Nensi Ekls, O‘zbekistondagi TICA vakolatxonasi rahbari Sulayman Kiziltoprak, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedrasi mudiri Nozliya Normurodova va FLEDU.UZ rahbari Gulmira Shukurovalar ilmiy ma’ruzalari bilan so‘zga chiqdilar

Konferensiyaga Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlarda faoliyat olib borayotgan chet tili o‘qituvchilarining 30ga yaqin eng yaxshi ilmiy maqola va ma’ruzalari saralandi va virtual platformada keng auditoriya e’tiboriga havola etildi. Konferensiya 5ta seksiya (sho’ba)da faoliyat ko‘rsatadi.

  • Xorijiy tillarni o`qitishda tili nterferensiyasi: leksik, morfologik va sintaksis muammolar.
  • Til o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari, lingvodidaktika va metodika.
  • Chet tillarini o‘qitishda ma’daniy va adabiy bilimlar.
  • Uzluksiz ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar.
  • Yangi ta’limiy paradigm sharoitida tarjimonlikka o‘rgatish

Masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portali –platformasida www.conference.fledu.uz saytida 18 apreldan 28 aprelga qadar 10 kun davom etadi.

Ilmiy ma’ruzalar ikki xil: video va matn (stend) ko‘rinishida taqdim etildi. Birinchi ko‘rinishda o‘quvchi maqola annotatsiyasini o‘qib, uning video shaklini ko‘rishi, ikkinchisida esa ma’ruzaning to‘liq matnini o‘qib, unga munosabat bildirishi, izoh qoldirishi yoki maqola muallifiga savol berishi mumkin.

Konferensiya davomida bir qator onlayn loyiha va tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan. Xususan, joriyyilning 25 aprel kuni www.conference.fledu.uz saytida “O‘zbek auditoriyasiga xorijiy tillarni o‘rgatishning o‘ziga xos tomonlari” mavzusida masofaviy davra suhbati tashkil qilinadi. Unda respublikamizdagi taniqli tilshunos olimlar virtual jamoatchilik savollariga javob beradilar.

Mazkur konferensiya virtual dunyoda 10 kun davomida ish olib boradi. Maqolalar mualliflari bilan Internet foydalanuvchilari o‘rtasida masofaviy, onlayn muloqot tashkil etiladi.

Joriy yilning 28 aprel kuni masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya ishida, konferensiya doirasida o‘tkazilgan onlayn davra suhbatlari va bahs-munozaralar, savol-javoblarda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, talabalarga sertifikat va masofaviy konferensiyaning maxsus dasturda tayyorlangan offlayn ko‘rinishi topshirildi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.