Chet tillar bo’yicha anjuman mart oyida Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etiladi

Chet tillar bo’yicha anjuman mart oyida Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etiladi

28.01.2016 0 fikrlar | 141 ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan 2016 yil 29-mart kuni «Boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda chet tillarining ahamiyati» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Anjumanda respublika OTMlarining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchi va amaliyotchi mutaxassislar, katta ilmiy-xodim izlanuvchilar, magistrantlar ishtirok etish uchun taklif etiladi.

Seminarlar quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

1-seksiya: Globallashuv va madaniyatlararo muloqot sharoitida zamonaviy rahbarning chet tillarini o‘zlashtirish zarurati;
2-seksiya: Chet tillarini o‘zlashtirish rahbar professional faoliyatini takomillashtirish omili sifatida;
3-seksiya: Yoshi kattalarga chet tillarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va metodikasi;
4-seksiya: Turli soha rahbarlari uchun chet tillari ta’limining ahamiyati (davlat boshqaruvi va davlat xizmati, biznes va ishlab chiqarish sohasi, hamda ijtimoiy soha rahbarlari);

Tadbir yakunida materiallar to‘plamini chop etish rejalashtirilgan.
Ilmiy maqolalarga talablar:
– tezislar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
– ilmiy tezislar matnlari tahrir qilingan holda A-4 o‘lchovidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1 sm. joy qoldirib rasmiylashtiriladi.
– Maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning to‘liq ismi sharifi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi, muallifning elektron manzili ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, maqolalar 6 betgacha hajmda bo‘lishi lozim.

Konferensiya tili: o‘zbek, ingliz, rus.
Konferensiyaga ilmiy maqolalarni taqdim etish muddati – 2016 yil 1 martgacha belgilangan tartibda ilmiy maqolalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, “Xorijiy tillar” kafedrasiga va conference.dba@mail.ru elektron manziliga jo‘natishlari lozim.

Taqdim etiladigan ilmiy maqolalar yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmagan hollarda to‘plamga kiritilmaydi. Yuborilgan ilmiy maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi.

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 45-uy. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, “Xorijiy tillar” kafedrasi. Tel.: (99871) 232-60-59, 232-61-14, Elektron pochta: conference.dba@mail.ru

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.