Toshkentda umumiy diktant o’tkaziladi

Toshkentda umumiy diktant o’tkaziladi

23.10.2016 0 fikrlar | 241 ko'rilgan

29-oktabr kuni Toshkentda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 27 yilligiga bag’ishlangan umumiy diktant tadbiri o’tkaziladi. 

Diktant bir vaqtning o’zida bir nechta joyda: Aloqa tarixi muzeyi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O’zbekiston Milliy universiteti hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida o’tkaziladi.

Unda o’zbek tili va to’g’ri yozish qoidalari bo’yicha o’z bilimlarini sinab ko’rmoqchi bo’lgan xohlovchilar diktant.uz saytida ro’yxatdan o’tib ishtirok etishlari mumkin. Ushbu saytda tadbir haqidagi batafsil ma’lumot ham o’rin olgan.

UZINFOCOM  hamda Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi diktant tashkilotchilari sanalishadi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.