Rustam Qosimov Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Rustam Qosimov Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

30.03.2017 0 fikrlar | 449 ko'rilgan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Rustam Qosimovning Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ta’lim vaziri Li Jun Sik rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni milliy tillarni – Koreya Respublikasida o‘zbek tilini, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish masalasi bilan bog’lashdi.

Ayni vaqtda Xankuk xorijiy tillar universitetida, Xanshin universitetida va Pusan universitetida o‘zbek tili o‘rganiladi. O‘zbek tilini o‘rganayotgan Koreya Respublikasi fuqarolari stajirovka o‘tish uchun muntazam ravishda O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.

Tadbirda vazir o‘rinbosari Majid Karimov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektorlari ham ishtirok etishdi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.