ENG YAXSHI EKOLOYIHA MUALLIFI BUYUK BRITANIYAGA SAHOYAT QILADI

ENG YAXSHI EKOLOYIHA MUALLIFI BUYUK BRITANIYAGA SAHOYAT QILADI

04.08.2017 0 fikrlar | 177 ko'rilgan

Bugun O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasida “Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” ko’rik-tanlovining yakuniy natijalari hamda g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tanlovda mamlakatimizdagi 22 ta o’liy o’quv yurtlaridan 450 nafardan ziyod talabalar o’zlarining 150 ta loyihalari bilan qatnashdilar. Ko’rik-tanlov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekistondagi Britaniya Kengashi, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Tanlovga loyihalar ingliz tilida topshirilgan. Unda respublikadagi deyarli barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Tanlovga taqdim etilgan loyihalar ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi yetakchi mutaxassislar, mustaqil ekspertlar hamda britaniyalik hamkorlar tomonidan o’rganib chiqildi va baholandi.

Ushbu tanlovdan maqsad yoshlarda ekologiya muammolariga qiziqish uyg’otish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda energiya tejamkorligi kabi masalalarga yechim topishda ularning ishtirokini kuchaytirishdan iborat.

“Toshrangmetsavod recycling” korxonasi bu tanlovda ishtirok etgan 15 ta oliy ta’lim muassasalariga chiqindilarni alohida to’plashga mo’ljallangan maxsus qutilarni o’rnatib berdi.

Hay’at a’zolari e’tiboriga tushgan loyihalarning g’olibi bir emas, ikkita deb topildi. G’olib bo’lgan guruh sardorlari joriy yilda Buyuk Britaniyaga safar qilish va u yerdagi oliy o’quv yurtlari talabalari bilan barqaror rivojlanish masalalari bo’yicha fikr-mulohazalar almashish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bundan tashqari g’oliblar loyihani amaliyotga tatbiq etish uchun 7 mln. so’m miqdoridagi mukofotga ega bo’ldi. Eng yaxshi g’oyalari bilan ishtirok etgan 20 dan ortiq loyiha mualliflarlari rag’batlantiruvchi sovg’alar va sertifikat bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida ekologiyani muhofaza qilishga bundan buyon ham xalqaro miqyosda professional ekspertlarni jalb qilish va yurtimiz o’quv muassasalarida “yashil” infratuzilmani yaratish taklifi berildi.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.