Serj Pontuaz pedagogika oliy maktabi vakillari O’zbekistonda

Serj Pontuaz pedagogika oliy maktabi vakillari O’zbekistonda

14.02.2017 0 fikrlar | 470 ko'rilgan

Fransiya Respublikasining Versal akademiyasi qoshidagi Serj Pontuaz pedagogika oliy maktabi (ESPE) vakillari Paskal Buassonne va Izabel Lorua, Mod Kerfornelar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

O‘zMU rektori Avazjon Marahimov xorijlik mehmonlarga universitet tarixi va uning mamalakat ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shib kelayotgan hissasi, bugungi kundagi xalqaro hamkorlik aloqalari haqida so‘zlab berdi.

O‘z navbatida Paskal Buassonne ERASMUS+ xalqaro almashinuv loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi. Jumladan, ta’lim sohasida ishlashni rejalashtirgan fransuz tili bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislar, ya’ni, talabalar (asosiy va ikkinchi chet tili sifatida) mobillik dasturini davom ettirishlari mumkinligini ma’lum qildi. Bu borada o‘qituvchilar ham mobillik dasturini davom ettirishda ishtirok etishi mumkin.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.