ShHT modeli asosida talabalar anjumani ilk marta o‘tkazildi

ShHT modeli asosida talabalar anjumani ilk marta o‘tkazildi

27.05.2017 0 fikrlar | 209 ko'rilgan

Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)da 27-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor “ShHT Modeli” Talabalar anjumani o‘tkazildi.

Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston kabi ShHTga a’zo davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari ishtirokidagi o‘ziga xos simulyator konferensiyani model klubi bosh kotibi, JIDU talabasi Davlat Umarov ochib berdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan universitet rektori Abdumalik Jumanov hamda elchilar tabrik nutqlarida bunday tadbirlar va klublarning faoliyati sohadagi yosh mutaxassislarni har tomonlama toblab borishi hamda kelajakdagi yirik loyihalar uchun o‘ta ahamiyatli ekanligiga e’tibor qaratdi.

Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarining 50 dan ziyod ilg‘or yoshlari “ShHT Davlat rahbarlari kengashining 18 delegatsiyasi” sifatida yalpi muhokamalar, davra suhbati, ilmiy maqolalar tanlovida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Universitetdagi “ShHT modeli” klubi asoschisi Davlat Umarov ShHTning 15 yillik yubileyini nishonlash doirasida o‘tkazilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga 15 yil: Ibtido. Taraqqiyot. Istiqbollar” mavzusida eng yaxshi ilmiy maqola tanlovining 2016-yildagi g‘olibi sanaladi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.