“Shoirlikni o‘zingda kashf qil”(Poetich. Entdecke den Poeten in dir)

“Shoirlikni o‘zingda kashf qil”(Poetich. Entdecke den Poeten in dir)

08.04.2017 0 fikrlar | 175 ko'rilgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2017-yil 6-martdan 11–martgacha “Shoirlikni o‘zingda kashf qil” nomli amaliy seminar tashkil etildi.

Bu seminarda turli O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlaridan kelgan nemis filologiyasi yo‘nalishidagi talabalar ishtirok etdilar. Seminar o‘tkazishdan maqsad nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarni she’riyat yo‘lida ijod qilishlariga yo‘l ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda, ularda kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish. Seminarning ochilish marosimida Robert Bosh fondi-O‘zDJTU lektori Simon Krechmer, Robert Bosh fondi-FarDU lektori Ingrid Landes, Bishkek Gyote instituti assistenti-shoir Morits Gauze va O‘zDJTU dotsenti Xoliyarov Lutfulla ishtirok etdilar. Seminarning birinchi kuni 6-martda She’riyat bu nima? She’rning asosiy komponenti nima?mavzulari bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Kunnning ikkinchi yarmida talabalarga rasm va musiqalarning she’riyatdagi o‘rni haqida tushuntirildi.

Seminarning ikkinchi kuni 7-martda talabalar bilan birgalikda she’r yozish mashqlari uyushtirildi va shoir Morits Gauze nemis she’riyatidan parchalar o‘qib berdi va nemis she’rlarining asosiy mohiyati tahlil qilindi hamda she’r turlari haqida ma’lumotlar berdi. Shoir Morits Gauze talabalarga she’r yozishda qaysi jihatlarga asosiy e’tibor qaratishi tushuntirildi. Nemis o‘qituvchilar hamrohligida tushlikdan so‘ng talabalar shahar bo‘ylab sayohat qildilar va talabalarga sayohat natijasi va ta’ssurotlarini she’r sifatida ta’riflash vazifasi topshirildi.

Seminarning uchinchi kuni 8-mart kuni matn turlari haqida Robert Bosh fondi-FarDU lektori Ingrid Landes, Bishkek Gyote instituti assistenti-shoir Morits Gauze kichik ma’ruza o‘qildi va hikoya yozish talabalar bilan birgalikda mashq qilindi. Tushdan so‘ng Bishkek Robert Bosh fondi-teatrpedagogi Peter Shyunxerr tomonidan sahnada o‘zini to‘tish xaddi-xarakatlari talabalarga tushuntirildi va o‘rgatildi.

Seminarning to‘rtinchi kuni 9-mart kuni seminar ishtirokchi talabalar Toshkent shahri bo‘ylab sayohat qildilar. Shahar bo‘ylab sayohat davomida tarixiy joylarga va Mustaqillik maydoniga bordilar.

Seminarning beshinchi kuni 10-mart kuni Toshkent bo‘ylab sayohat kechinmalarini talabalar she’r qilib yozib o‘zaro taqdimot qildilar. Tushdan so‘ng Bishkek Robert Bosh fondi-teatrpedagogi Peter Shyunxerr rahbarligida she’rni ifoda etishda intonatsiya, ohang va ijro qilish san’ati mashq qilindi.

Seminarning oltinchi kuni 11-mart kuni seminarning barcha ishtirokchilari Toshkentdagi Gyote institutiga o‘rgangan narsalari publikumda taqdimot qilish uchun jo‘nab ketdilar. Soat 14.30-17.30 gacha Toshkentdagi Gyote institutida talabalar o‘ziga yozgan “Sevgi, do‘stlik, bolalik” mavzulardagi she’rlarini ijro etib berdilar. Ushbu tadbirda Toshkentdagi Germaniya elchixonasi vakillari, Toshkentdagi Gyote instituti vakillari, DAAD fondi vakillari, O‘zDJTU professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.Tadbir yakunida ishtirokchi talabalarga sertifikatlar topshirildi.

12-mart kuni seminar ishtirokchilari O‘zDJTU mexmonxonasidan o‘z uylariga jo‘nab ketdilar.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.