“Ingliz tilida so‘zlarni harflab talaffuz qilish” respublika musobaqasi o‘tkazildi

“Ingliz tilida so‘zlarni harflab talaffuz qilish” respublika musobaqasi o‘tkazildi

15.03.2017 1 ta fikr | 558 ko'rilgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bir guruh iqtidorli talabalaridan tarkib topgan “Yosh izlanuvchilar” guruhi tashabbusi bilan “Ingliz tilida so‘zlarni harflab talaffuz qilish” an’anaviy respublika musobaqasi o‘tkazildi.

Ikki yildan buyon Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ko‘rish imkoniyati cheklangan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa joriy yilda ko‘rish imkoniyati cheklangan 21 nafar maktab o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi.


Tanlov shartiga ko‘ra, unda ishtirok etgan yoshlar hakamlar hay’ati tomonidan tavsiya etilgan so‘zlarni harflab to‘g‘ri va baland va aniq ovozda talaffuz qilishlari lozim edi. Unda yoshlar ingliz tili bo‘yicha o‘z bilim va ijodiy salohiyatlarini, iste’dodlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakuniga ko’ra quyidagi ishtirokchilar kuchli uchlikdan o’rin olishdi:

1. Madina Umarova

2. Kamola Davlatova

3. Samira Talipova

Tadbir xalqaro tashkilotlar, xorijiy elchixonalar vakillari ham taklif etildi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

1 ta fikr bildirilgan

Fikringizni bildiring!
  1. Yakut Sharipova
    #1 Yakut Sharipova 16 March, 2017, 07:39

    good job done

    Reply this comment

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.