Avstriyalik olimlar chet tili darsliklari yaratishda ishtirok etmoqda

Avstriyalik olimlar chet tili darsliklari yaratishda ishtirok etmoqda

21.02.2017 0 fikrlar | 468 ko'rilgan

Yurtimizdagi qator oliy o‘quv yurtlari nemis tili o‘qituvchilari uchun Avstriyaning Vena davlat universiteti professori Karen Shramm va dotsent Annemariya Pritxard-Smit ishtirokida “Zamonaviy darsliklarni yaratish tamoyillari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Birinchi kurs talabalari uchun nemis tili darsligini yaratishga bag‘ishlangan uchrashuvda darsliklarni ishlab chiqishda badiiy adabiyotlar va filmlardan samarali foydalanish, umumevropa chet tillarini o‘zlashtirish talablariga mos til ko‘nikmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

– O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohalarida hamkorlik aloqalari tobora rivojlanmoqda, – deydi professor Karen Shramm. – Tomonlar yangi avlod darsligini ishlab chiqishga oid qo‘shma loyihada faol ishtirok etmoqda. Bu o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlik samarasida birinchi kurs talabalari uchun nemis tili bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratiladi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.