Ta’limga e’tibor eng dolzarb masala

Ta’limga e’tibor eng dolzarb masala

19.05.2017 0 fikrlar | 46 ko'rilgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 19 may kuni “Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sohasidagi islohotlar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Toshkent shahridagi gumanitar yo‘nalishda kadrlar tayyorlaydigan nufuzli oliy ta’lim muassasalari, xususan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbir 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarororida belgilangan ta’lim sifati va mazmunini yanada oshirishga qaratilgan vazifalar, ustuvor yo‘nalishlardan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tashkil etildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori Abdurahim Mannonov, institut ilmiy ishlari bo‘yisha prorektori Gulchehra Rixsiyeva, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Nodir Abdullayev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Abdulhay Sobirov hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor To‘laboy Madrahimovlar so‘zga chiqib xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimini yanada isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Jumladan, hozirgi kunda chet tillari yo‘nalishida ta’lim beruvchi oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv qo‘llanmalar, yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar o‘z yechimini topayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish va bu borada yosh olim, ilmiy izlanuvchilarga o‘z tadqiqotlarini olib borishlari uchun yaratilgan va yaratiladigan moddiy hamda ma’naviy yordam to‘g‘risida ham so‘z bordi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.