TA’LIM JARAYONIDA AKTNING ROLI

TA’LIM JARAYONIDA AKTNING ROLI

17.12.2015 0 fikrlar | 81 ko'rilgan

Navoiy shahrida “Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari, Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori F.Ro‘ziqulov, Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i E.Musayev, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o’qituvchilari va boshqa ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

akt_28_03_2013_2

Anjumanda ta’lim sifat-samaradorligini ta’minlash, mazmunini boyitishda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalar, ta’lim jarayoniga modellashtirishni qo‘llashning afzalliklari kabi mavzularda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, AKT asosida o‘qitish tizimini takomillashtirishning optimal yo‘llarini aniqlash, ta’limning ushbu bosqichida multimedia vositalaridan foydalanish kabi masalalar xususida so‘z bordi.

Konferensiyada ta’lim berish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda yangi elektron darsliklar yaratish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ilmiy-uslubiy ishlarning olib borilishi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.