Toshkentda yosh olimlar va talabalarning respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda yosh olimlar va talabalarning respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

11.01.2017 0 fikrlar | 199 ko'rilgan

11-yanvar kuni Toshkent shahrida “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida yosh olimlar va oliy ta’lim muassasalarining talabalari respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan.

Konferensiya “O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu ilmiy-amaliy tadbirda Prezident Sh.Mirziyoyevning “2017—2021-yillar davomida respublika oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Farmoyishidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar qamrab olingan.

Ko‘zlangan asosiy maqsad – fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amaliy takliflar; tub islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar; zamonaviy, bilimli, murakkab vazifalarni hal etishga qodir yosh olimlarni tarbiyalashga qaratilgan takliflar; yosh olimlar ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimi borasidagi takliflarni ishlab chiqish hamda innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilishdan iborat.

Konferensiya respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarini qamrab olgan bo‘lib, jami 1576 nafar yoshlar qatnashdi. Joriy yil 12—13-yanvar kunlari Toshkent moliya institutida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda 122 nafar saralangan yoshlar ishtirok etmoqdalar.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikringizni bildiring!

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.