TOSHKENT BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING RESPUBLIKA FORUMIGA MEZBONLIK QILDI

TOSHKENT BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING RESPUBLIKA FORUMIGA MEZBONLIK QILDI

14.07.2016 1 ta fikr | 3 003 ko'rilgan

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining forumi tashkil etildi.

Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 350 nafar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur forum quyidagi to‘rtta yo‘nalishlarda ish olib bordi:

Boshlang‘ich ta‘lim jarayoniga yangi avlod darslik majmualari va zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish: muammo va yechimlar;

img_4550

Boshlang‘ich ta’limda chet tili va boshqa tillarni o‘qitishning innovatsion texnologiyalari;
Barkamol avlodni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda boshlang‘ich ta’limning o‘rni;
Boshlang‘ich ta’lim tizimi pedagog kadrlarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirish hamda ta’limni modernizatsiya qilishda ularning pedagogik mahoratlarini shakllantirish masalalari.

Forumda chet tili o‘qituvchilarining bu boradagi malakasini oshirish, nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, maktabda  chet tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Forum doirasida ishtirokchilar poytaxtimizdagi ta’lim muassasalariga ekskursiya uyushtirishdi.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!Email this to someoneShare on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on LinkedInShare on VKPrint this page

1 ta fikr bildirilgan

Fikringizni bildiring!
  1. Sanjar
    #1 Sanjar 11 September, 2016, 13:00

    Ta’limning asosiy bosqichi boshlang’ich sinflardan boshlanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari salohiyatli bo’lsa, kelajakda barcha yuqori sinf o’quvchilari a’lo natijalar ko’rsata olishadi!

    Reply this comment

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.